Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi 9ta korxonada monopoliyaga qarshi nazorat tizimi o‘rnatiladi
«Uzbekistan Airways» , «UzAuto Motors» kabi davlat ulushiga ega 9ta yirik korxonada monopoliyaga qarshi kurash nazorat tizimi joriy etiladi. Ushbu sinov-tajriba 1 yanvardan boshlanadi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi 9ta korxonada monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 iyundagi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga muvofiq, tajriba (sinov) tariqasida yo‘lga qo‘yiladigan tizim quyidagi tashkilotlarda amal qiladi:
- «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati
- «Kvars» aksiyadorlik jamiyati
- «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki
- «UzAuto motors» aksiyadorlik jamiyati
- «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati
- «Navoiazot» aksiyadorlik jamiyati
- «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
- «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyati.
Ma'lumot uchun, monopoliyaga qarshi komplayens tizimning asosiy vazifalari quyidagicha:
- davlat boshqaruvi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish;
- raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish bilan bog‘liq xavflarni samarali boshqarish;
- davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun o‘z obro‘-e'tiborga doir yo‘qotishlarining oldini olish;
- biznes yuritishning insofli amaliyotini shakllantirish.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish quyidagi mezonlarga javob beradigan barcha sub'yektlar uchun majburiy hisoblanadi:
- tabiiy monopoliya sub'yektlari;
- tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar;
- oxirgi uch yilda tovar (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori hajmi 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.
Mavzuga oid
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
11:27 / 06.01.2026
Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
11:55 / 02.01.2026