Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlarida monopoliyaga qarshi kurashish tizimi joriy etiladi
Hukumat qarori bilan Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda monopoliyaga qarshi kurashish komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizom bilan monopoliyaga qarshi kurashish komplayens tizimining asosiy vazifalari belgilab berildi.
Nizomga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda vakolatli shaxs (bo‘linma) tayinlanadi.
Vakolatli shaxs (bo‘linma) monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning faoliyatini monitoring qilishni amalga oshiradi.
Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash:
- davlat boshqaruvi organlarida – rahbar;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida – hokim;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda – ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur nizom quyidagilar uchun tatbiq etiladi:
2021 yil 1 yanvardan – tajriba tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-sonli farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar;
2022 yil 1 yanvardan – tabiiy monopoliya sub'yektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, shuningdek oxirgi 3 yilda tovar sotishdan olingan jami tushumning o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.
Mavzuga oid
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
11:27 / 06.01.2026
Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
11:55 / 02.01.2026