Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: dunyodagi o‘zgarishlar fonida 2025 yil murakkab kechdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqqa murojaatnomada jahonda kutilmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik va xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan bir paytda O‘zbekiston o‘ta murakkab yilni yakunlayotganini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz», — dedi davlat rahbari.
Prezidentning qayd etishicha, shunday sharoitga qaramasdan, mamlakatda boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirildi. U bu jarayonda xalq qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani muhim ahamiyat kasb etganini aytdi.
Shuningdek, murojaatnomada odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurt yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi hamda mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025 yilda barcha sohalarda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi.
Davlat rahbari jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilib, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakat iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Mavzuga oid
09:27
Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi ochiladi
21:34 / 10.02.2026
Xitoyning cho‘llanishga qarshi kurash tajribasi Navoiyda qo‘llanadi
20:25 / 10.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
13:42 / 10.02.2026