Jahon | 21:38 / 27.12.2025
5051
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi

Avvalroq Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi oxirgi oy davomida mamlakat hududiga Afg‘oniston hududidan uch marta terrorchilik xuruji sodir etilganini ma’lum qilgandi. 

Foto: Reuters / Shamil Zhumatov

Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha batafsil tekshiruv boshladi, deb ma’lum qildi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy. 

"Ma’lum bir yovuz niyatli doiralar qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzish va beqarorlik taassurotini uyg‘otishga urinishi bizni tashvishga solmoqda", - Afg‘oniston TIV rahbari. 

Muttaqiy Afg‘oniston muzokaralarda o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishini ta’kidladi. 

"Biz Afg‘oniston yana yirik davlatlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar va raqobat maydoniga aylanishini istamaymiz. Maqsadimiz – mamlakatni savdo markaziga aylantirish va aloqalarni kengaytirish", - dedi u.

Avvalroq Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi oxirgi oy davomida mamlakat hududiga Afg‘oniston hududidan uch marta terrorchilik xuruji sodir etilganini ma’lum qilgandi. 

Afg‘oniston OAVning xabariga ko‘ra, Muttaqiy Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan muloqot o‘tkazgan va tomonlar birgalikda bunday holatlarning oldini olish ustida ishlashga kelishib olgan. 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid