Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
RF prezidenti 2022 yildan beri eng ko‘p talab qilinayotgan harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishi ancha oshganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, o‘q-dorilar yetkazib berish hajmi 22 martadan ham ko‘proqqa ko‘paygan.
Foto: Sergei Malgavko/TASS/IMAGO
Rossiyada 2022 yildan beri ayniqsa talab yuqori bo‘lgan qurol-yarog‘ va harbiy texnika namunalarini ishlab chiqarish bir necha barobar oshgan, dedi RF prezidenti Vladimir Putin 26 dekabr, juma kuni davlat qurollanish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilga nisbatan 2025 yilda RFda “maxsus harbiy operatsiya”da (RF Ukrainaga qarshi urushini shunday atab keladi) ishlatilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ko‘paygan. Putin ta’kidlashicha, “zarba berish vositalari” va o‘q-dorilar yetkazib berish hajmi 22 martadan ko‘proqqa oshgan.
Prezident keltirgan ma’lumotga binoan, zirhli tank qurol-yarog‘i ishlab chiqarish 2,2 martaga ko‘paygan. Yengil zirhli texnika, jumladan BMP va BTR ishlab chiqarish 3,7 martaga oshgan. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish hajmi esa 4,6 martaga ko‘paygan.
Putin boshqa turdagi mahsulotlar bo‘yicha ham raqamlarni keltirdi. Avtomobil texnikasi ishlab chiqarish 5,7 martaga oshgan, raketali-artilleriya qurol-yarog‘i — 9,6 martaga. Aloqa va radioelektron kurash texnikasi ishlab chiqarish 12,5 martaga, shaxsiy zirhli himoya vositalari — qariyb 18 martaga ko‘paygan. Putin aytishicha, “zarba berish vositalari” va o‘q-dorilar ishlab chiqarish 22 martadan ko‘proqqa oshgan.
Prezident da’vosiga ko‘ra, Rossiya mudofaa-sanoat majmuasi barqaror ishlayapti va Qurolli kuchlarni zarur texnika bilan ta’minlayapti, jumladan Ukrainaga qarshi urushga jalb etilgan bo‘linmalarni ham.
Iyun oyida Putin Rossiya mudofaaga 13,5 trln rubl sarflayotganini, bu YaIMning 6,3 foizini tashkil qilishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xarajatlar oshishi “inflatsiya” bilan “to‘langan”, biroq hokimiyat uni jilovlash choralarini ko‘ryapti. Prezident, shuningdek, mudofaa xarajatlarini qisqartirish rejalari haqida ham gapirgan.
2025 yil federal budjetiga ko‘ra, mudofaa xarajatlari barcha xarajatlarning 32,5 foizi miqdorida belgilangan bo‘lib, bu 13,5 trln rublga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash 2026 yil budjeti ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb atalgan, bu maqsadlarga 12,93 trln rubl ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilish materiallariga ko‘ra, 2027–2036 yillarga mo‘ljallangan davlat qurollanish dasturi parametrlari hisoblab chiqilgan va tasdiqlashga tayyor. Hujjatlarda bu dastur qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikani ishlab chiqish, ishlab chiqarish va jangovar tayyor holatda ushlab turishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli rejaviy hujjat ekani qayd etilgan. Uning amal qilish muddati 10 yil, dastur har besh yilda prezident tomonidan tasdiqlanadi va Rossiya milliy xavfsizligiga oid barcha ehtimoliy — mavjud hamda kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni inobatga oladi.
Mavzuga oid
12:53
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
12:04
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
10:41
Rossiya Belarus sharqida “Oreshnik” raketalarini joylashtirmoqda
09:56