Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukrainadagi urush yakunlanishi haqida fikr bildirdi
Ukraina prezidentining fikricha, ko‘p narsa hamkorlarga bog‘liq.
Yil oxirigacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina nizosini hal qilish jarayoniga izoh berarkan.
"Hozir yilning eng faol diplomatik kunlaridan biri va yangi yilgacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin" — dedi u.
Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, ko‘p narsa hamkorlarga bog‘liq.
28 dekabr, yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Floridada Zelenskiy bilan uchrashadi.
Avvalroq u Ukraina prezidenti bilan kelishuvga erishish imkoniyatini yuqori baholagandi.