Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 dekabrdan barcha «metan zapravka»lar 24 soatlik ish rejimida ishlaydi – Energetika vazirligi
Soat 9:00 dan boshlab, barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi.
Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi 30 dekabr kunidan Avtomobillarga metan gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ish vaqtiga o‘zgartirish kiritilganini e’lon qildi.
«30 dekabr soat 9:00 dan boshlab Respublika hududidagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, shuni inobatga olgan holda, avtotransport vositalari egalari yoqilg‘i quyishni kun davomida, shu jumladan tungi soatlarda ham qulay vaqtlarda, «navbatlarni yuzaga keltirmagan holda amalga oshirishi mumkin».
Energetika vazirligi metan zapravkalar qachongacha bunday rejimda ishlashiga aniqlik kiritmadi.
Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov 12 dekabrdan boshlab kiritilgan edi. Energetika vazirligi buni «qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani» bilan izohladi.
Vazirlik bu zarur choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini hamda holat haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
00:18
“Metan zapravka” qurishga ruxsat yo‘q. Borlariga gaz yetkazib bera olishmayapti” – Jamshid Xo‘jayev
13:21 / 01.02.2026
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi
15:31 / 27.01.2026
Gaz berilmayotgani sababli metan-shoxobchalarda uzundan-uzun navbatlar saqlanib qolyapti
08:40 / 20.01.2026