Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda milliy valuta kursi qulaganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi
Mahalliy valuta kursi rekord darajada pastlab, bir dollar uchun 1,39 mln riyolni tashkil qilganidan so‘ng, ommaviy noroziliklar boshlandi.
Foto: AFP
Eronda mahalliy valuta kursi dollarga nisbatan rekord darajaga tushib ketganidan so‘ng, oxirgi uch yildagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti hukumatni namoyishchilarning qonuniy talablariga quloq solishga chaqirdi.
Mitinglar poytaxt va mamlakatning yirik shaharlarini qamrab oldi. Namoyishlar yakshanba kuni Tehrondagi Katta bozorda do‘kon egalarining namoyishi bilan boshlangan va uchinchi kun davom etmoqda. 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk namoyishlardan so‘ng Eron Markaziy banki rahbari iste’foga chiqdi.
Xabar qilinishicha, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda
Namoyishlarga mamlakatga nisbatan sanksiyalar bosimi fonida norasmiy bozorda Eron riyoli kursining pasayishi sabab bo‘lgan. Reuters agentligining qayd etishicha, dushanba kuni mahalliy valuta kursi rekord darajada pastlab, bir dollar uchun 1,39 mln riyolni tashkil qildi. Bu inflatsiyaning tezlashishi bilan tahdid qilmoqda, shuningdek, sotuvlarni, xususan, import tovarlarni falaj qildi, chunki xaridorlar ham, sotuvchilar ham kursning barqarorlashishini kutmoqda, deb yozdi AFP.
Namoyishchilar valuta kursining o‘zgarishini to‘xtatish va aniq iqtisodiy strategiyani ishlab chiqish uchun hukumatning zudlik bilan aralashuvini talab qilmoqda. Biroq, Iran International ta’kidlaganidek, namoyishchilarning talablariga iqtisodiy talablardan tashqari siyosiy shiorlar ham qo‘shilgan.
Dushanba kuni kechqurun Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon o‘z ijtimoiy tarmoqlarida hukumatni namoyishchilarning qonuniy talablariga quloq solishga chaqirdi:
«Xalq farovonligi - mening kundalik tashvishim. Kun tartibimizda - pul-kredit va bank tizimini isloh qilish, aholining xarid qobiliyatini saqlab qolish bo‘yicha prinsipial chora-tadbirlar».
Mavzuga oid
13:25 / 29.12.2025
Rossiya raketaci Eron sun’iy yo‘ldoshlarini kosmosga chiqardi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
11:05 / 10.12.2025