Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
NATO huzuridagi AQSh doimiy vakili Mettyu Uitaker Ukraina Qurolli kuchlari Putinning Valdaydagi rezidensiyasiga hujum qilgani haqidagi da’volarga shubha bildirdi. Xuddi shunday fikrni Fransiya prezidentiga yaqin manba ham aytdi. Germaniya esa bu masalaga baho berishdan bosh tortdi.
Foto: Planet Labs PBC
AQSh va Fransiya rahbariyati Rossiyaning “ukrain dronlari Novgorod viloyatidagi Vladimir Putin rezidensiyasiga hujum qilishga urindi” degan bayonotlariga skeptik munosabatda. “Umuman bunday hujum bo‘lgan-bo‘lmagani ham noaniq”, — dedi NATO huzuridagi AQSh doimiy vakili Mettyu Uitaker 30 dekabr kuni Amerikaning Fox Business telekanali efirida. Diplomat aytishicha, hozir Vashington bu borada AQSh razvedka xizmatlari va ittifoqchi mamlakatlardan ma’lumot kutib turibdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron atrofidagi doiralar ham Kremlning Valdayga hujum bo‘lgani haqidagi versiyasini tasdiqlovchi ishonchli dalillarni ko‘rmayapti. Bu haqda bir qator OAV Yelisey saroyidagi manba so‘zlarini iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Germaniya hukumati Ukraina xavotirlarini — Rossiya ehtimoliy Valday hujumini keskinlashuv (eskalatsiya) uchun bahona sifatida ishlatishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni bo‘lishishini bildirgan. Biroq Berlin bu mavzuda qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortgan, deya xabar qiladi Reuters agentligi.
29 dekabr kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina Novgorod viloyatidagi Putin rezidensiyasiga 91 ta dron bilan hujum qilishga uringanini aytgan. U yerda Valday ko‘lidagi “Dolgiye Borody” rezidensiyasi joylashgan.
Bu ma’lumotlar Rossiya Mudofaa vazirligining svodkalariga zid kelgan: vazirlik 29 dekabr tongida avval Novgorod viloyati ustida 18 ta dron urib tushirilgani haqida, keyin esa yana 23 ta haqida xabar bergan. O‘sha kunning kechqurun, Lavrov so‘zlaridan keyin, harbiy idora dronlar soni 91 ta bo‘lganini yozgan.
Hujum haqidagi ma’lumotni mustaqil manbalardan tasdiqlovchi dalillar yo‘q. Volodimir Zelenskiy bu ma’lumotlarni inkor etgan. AQShdagi Urushni o‘rganish instituti (ISW) ham hujum bo‘lganini tasdiqlovchi ma’lumot topmagan.
Mavzuga oid
09:43
Kiyev AQSh bilan Putin qarorgohiga hujum haqidagi xabarlarni muhokama qildi
23:41 / 30.12.2025
Yil yakunida axborot urushi: Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda
21:29 / 30.12.2025
Kreml Putinning qarorgohiga hujum uyushtirilgani haqidagi bayonotlardan keyin uning manzilini maxfiylashtirdi
19:50 / 30.12.2025