Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy AQShning Venesueladagi amaliyotiga munosabat bildirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh Venesuelada prezident Nikolas Maduroni rafiqasi Siliya Flores bilan birga qo‘lga olib, mamlakatdan olib chiqib ketgani yuzasidan munosabat bildirji.
«Nima ham derdim. Agar diktatorlar bilan shunday [muomala qilish] mumkin bo‘lsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari bundan keyin nima qilish kerakligini biladi», – dedi u matbuot anjumanida kinoya bilan.
Zelenskiy aynan kimni nazarda tutganini ochiq aytmagan. Ukrainadagi nashrlar esa u Vladimir Putinga ishora qilganini aytishmoqda.
Avvalroq Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga saylovlarni soxtalashtirish va namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilgani tufayli Ukraina Nikolas Maduro rejimining qonuniyligini tan olmasligini aytgandi. «Biz voqealar xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq, demokratiya, inson huquqlari va venesuelaliklar manfaatlariga ustuvorlik berilgan holda rivojlanishi tarafdorimiz», – deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
08:58 / 25.06.2026
Zelenskiy: G7 yordami bilan Rossiyani tinchlikka majbur qilamiz
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:23 / 21.06.2026