Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
Chora darhol kuchga kiradi va to‘rt yil davomida amal qiladi. U Shveytsariyaning Venesuelaga nisbatan 2018 yildan beri joriy qilgan sanksiyalarini to‘ldiradi.
Shveytsariya Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning hamkorlariga tegishli bo‘lgan mamlakat hududidagi barcha aktivlarni muzlatib qo‘ydi, deb xabar berdi Federal hukumatga tayanib Reuters.
«Federal kengash hozirgi vaziyatda noqonuniy olingan hech qanday aktivlar Shveytsariyadan olib chiqib ketilmasligini ta’minlashga intiladi», deyiladi bayonotda.
Chora darhol kuchga kiradi va to‘rt yil davomida amal qiladi. U Shveytsariyaning Venesuelaga nisbatan 2018 yildan beri joriy qilgan sanksiyalarini to‘ldiradi.
Aktivlarning muzlatilishi Venesuelaning amaldagi hukumati a’zolariga ta’sir qilmaydi. Shuningdek, Shveytsariya noqonuniy deb topilgan har qanday mablag‘ni Venesuela xalqi manfaati uchun qaytarishga harakat etishini ma’lum qildi.
Hukumatning aniqlik kiritishicha, aktivlarni muzlatish preventiv xususiyatga ega bo‘lib, Maduro va uning sheriklariga nisbatan «chet ellik siyosiy ahamiyatga ega shaxslar» sifatida qo‘llaniladi.
Aniq miqdorlar aytilmagan va hukumat hozircha Maduro va uning atrofidagilar Shveytsariyada aynan qanday aktivlarga (agar mavjud bo‘lsa) egalik qilishi haqidagi so‘rovga javob bermagan.
Mavzuga oid
00:11
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
22:32 / 25.06.2026