Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Eron bilan ehtimoliy tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda Saudiya Arabistoni, Qatar, Pokiston, Turkiya, Misr va Iordaniya mazkur kelishuvlarga qo‘shilishi kerak.

“Ibrohim kelishuvlari” Isroil va ayrim musulmon davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlarni tiklash, elchixonalar ochish hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuvlar Trampning birinchi prezidentlik davrida AQSh vositachiligida imzolangan edi.

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, u 25 may kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Pokiston, Turkiya, Misr, Iordaniya va Bahrayn yetakchilari bilan muloqot qilib, ushbu masalani muhokama qilgan.

Tramp “Ibrohim kelishuvlari” ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda katta yutuqlarga erishganini ta’kidlab, Saudiya Arabistoni va Qatar yangi ishtirokchilar orasida birinchi bo‘lishi kerakligini aytdi.

Uning fikricha, kelajakda Eronning o‘zi ham mazkur kelishuvlarga qo‘shilishi mumkin.