Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron oliy rahbarini yo‘q qilishi mumkin – senator Grem
Respublikachi senator so‘zlariga ko‘ra, agar Ali Xomanaiy odamlarni o‘ldirishda davom etsa, Donald Tramp uni o‘ldiradi.
Foto: Getty images
Agar Eron rejimi ko‘cha namoyishchilarini o‘ldirishda davom etsa, AQSh Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda Trampga yaqin respublikachi senator Lindsi Grem Fox News nashriga bergan sharhida ma’lum qildi.
Erondagi ommaviy ko‘cha namoyishlari va rejimning ularni kuch bilan bostirishga urinishlari haqidagi so‘nggi yangiliklarga izoh berar ekan, Grem AQSh Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.
«Biz sizni o‘ldirayotgan va dunyoni dahshatga solayotgan diniy natsist oyatullohdan mamlakatingizni qaytarib olishingiz tarafdorimiz», dedi senator eronliklarga yuzlanib.
Shu bilan birga, u Eron rahbariga bevosita tahdid qildi.
«Siz yaxshiroq hayotni talab qiladigan odamlarni o‘ldirishda davom etsangiz, Donald Tramp sizni o‘ldirishini tushunishingiz kerak. Eronga o‘zgarishlar bormoqda. Bu natsistlar rejimini yo‘q qilish uchun Yaqin Sharq tarixidagi eng katta o‘zgarish bo‘ladi. Eron xalqi, yordam allaqachon yo‘lda», dedi Grem.
Eronda dekabr oyidan beri qurg‘oqchilik, xalqaro sanksiyalar va Isroilga qarshi mag‘lubiyatga uchragan urush fonida milliy valutaning keskin qadrsizlanishi va umumiy iqtisodiy inqiroz tufayli keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Mustaqil manbalarning ta’kidlashicha, namoyishlarida o‘nlab odamlar, jumladan, voyaga yetmaganlar halok bo‘lgan, yuzlab odamlar hibsga olingan.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
22:55 / 08.01.2026
Eronda ommaviy noroziliklar fonida internet ishlamay qoldi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
19:04 / 08.01.2026