Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiylari Atlantika okeanida Rossiya bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga oldi
AQSh Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ushbu tankerni 20 dekabrdan buyon ta’qib qilayotgan edi. Kema Eron neftini olib o‘tgani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ta’qibdan qochayotgan tanker ekipaji a’zolari o‘z bortiga Rossiya bayrog‘ini chizdi. Bir necha kun o‘tgach, kema nomi «Marinera» deb o‘zgartirildi va Rossiya dengiz kemachiligi reyestriga kiritildi.
Foto: U.S. European Command
AQSh Qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi Atlantika okeanining shimoliy qismida «Bella 1» («Marinera») neft tankeri qo‘lga olinganini e’lon qildi.
«Kema AQSh federal sudi tomonidan berilgan order asosida Shimoliy Atlantikada qo‘lga olindi. Ushbu hibs AQSh prezidentining sanksiyalar ostidagi va G‘arbiy yarimshar xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi kemalarga qarshi ko‘rsatmasini qo‘llab-quvvatlaydi. Operatsiya Ichki xavfsizlik vazirligi bo‘linmalari tomonidan harbiy vazirlik ko‘magida o‘tkazildi», deyiladi bayonotda.
«Sanksiya ostidagi va noqonuniy qazib olingan Venesuela neftiga nisbatan qamal rejimi dunyoning istalgan nuqtasida to‘liq kuchda qoladi», deb yozdi AQSh harbiy vaziri Pit Hegset ijtimoiy tarmoqda.
Ushbu xabardan biroz oldin Reuters manbasiga tayanib, AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tankerni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, tanker va AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga bevosita yaqin joyda Rossiya harbiy kemalari joylashgan.
Shuningdek, AQSh bir sutka ichida ikkinchi neft tankerini qo‘lga oldi, bu safar Karib dengizidagi xalqaro suvlarda.
«Harbiy vazirlik erta tongda Ichki xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlikda sanksiyalar ostida bo‘lgan va qaysi mamlakatga tegishli ekani belgilanmagan tankerni qo‘lga oldi. Qo‘lga olingan M/T Sophia kemasi xalqaro suvlarda bo‘lgan va Karib dengizida noqonuniy faoliyat olib borgan», deyiladi AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi xabarida.
Dekabr oyi oxirida AQSh Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Karib dengizida Panama bayrog‘i ostida Venesuelaga yo‘l olgan «Bella 1» tankerini to‘xtatishga uringan edi. Kema Eron neftini tashigani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Rossiya, Ukraina va Hindiston fuqarolaridan iborat ekipaj AQSh harbiylarining talablariga bo‘ysunishdan bosh tortdi va yo‘nalishni o‘zgartirdi, shundan so‘ng Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati uni ta’qib qila boshladi. Ta’qibdan qochib ketayotgan tanker ekipaj a’zolari o‘z bortiga Rossiya bayrog‘ini chizdi. Voqeadan bir necha kun o‘tgach, kema nomi «Marinera» deb o‘zgartirildi va Rossiya dengiz kemachiligi reyestriga kiritildi.
The New York Times xabariga ko‘ra, Rossiya hukumati 31 dekabr kuni kechqurun AQShga tankerni ta’qib qilishni to‘xtatish talabi bilan rasmiy diplomatik nota yuborgan. 7 yanvar kuni The Wall Street Journal Rossiya tankerni kuzatib borish uchun suv osti kemasi va «boshqa dengiz kuchlarini» yuborgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
19:04 / 08.01.2026