Bu qançalik noyob amaliyot? U qanday taşkillaştirilgan? Nima uçun Venesuela armiyasi amerikalik harbiylarga qarşilik körsatmadi? Tramp öz maqsadiga erişdimi?
AQŞ armiyasi va flotining Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça ötkazgan amaliyoti öta muvaffaqiyatli ötib, jiddiy yöqotişlarsiz yakunlandi. Nafaqat uzoq va maşaqqatli rejalaştiriş, balki maqsadlar nisbatan kamtarona bölgani tufayli ham buning imkoni böldi: Donald Tramp ma’muriyati hozirça «çavesçilar» rejimini butkul ağdarib, vaqtinçaga bölsa ham mamlakat hududini okkupatsiya qilmoqçi emas. Yöqotişlarning yöqligidan köra aynan şu jihati – Karakasga qilingan reydni katta qöşinlarni jalb qilib ötkazilgan boşqa operatsiyalardan (Amerikaning Karib dengizi va dunyoning boşqa mintaqalaridagi, şuningdek, sovetlar va Rossiyaning Afğoniston hamda Ukrainadagi operatsiyalaridan) ajratib turadi.
Bunday amaliyotlardan nisbatan muvaffaqiyatli namunalar sifatida AQŞning «Al-Qoida» rahbari Usama bin Lodin hamda IŞID «xalifasi» Abu Bakr al-Bağdodiyni yöq qiliş uçun ötkazgan operatsiyalarini keltiriş mumkin. Lekin murakkablik darajasida ham farq bor edi: Maduro oldingi nişonlardan farqli ölaroq, şunçaki döstona davlat hududida emas, balki öz mamlakati poytaxtidagi harbiy baza içida joylaşgandi.
Okkupatsiya va rejimni özgartiriş böyiça qat’iy harakatlar yöqligi operatsiyaning siyosiy va strategik qiymatini pasaytiradi. Tramp ma’muriyati Venesuela hukumati Maduro yöqligida va uning taqdiriga şerik böliş xavfi ostida Vaşingtonga böysunişini kutmoqda. Hozirça bunga umid qiliş qançalik özini oqlaganini baholaş qiyin.
Bu qançalik noyob amaliyot?
AQŞ oldin ham öziga ma’qul bölmagan siyosatçilar va davlat rahbarlarini ağdariş va qölga oliş bilan şuğullangan. Jumladan, Karib dengizi havzasida ham. Xususan, 1983 yilda AQŞ armiyasi Grenada orol davlatini (SSSR va Kuba tomonidan qöllangan sotsialistik davlat) egallab olgan, 1989 yil dekabri va 1990 yil yanvarida Panama diktatori Manuel Noregani ağdargan. Keyinroq u AQŞga giyohvand moddalar kontrabandasini taşkillaştirişda ayblanib (hozirda Maduro ham şunday jinoyatlarda ayblanmoqda), uzoq muddatga qamalgan. Ikki holatda ham AQŞ amaliyot köça janglariga aylanib, harbiylar va tinç aholi orasidagi yöqotişlar (önlab kişilar) hamda jiddiy vayrongarçiliklar bilan keçgan. Harbiy harakatlarga ön minglab askarlar jalb etilgan. Ikki amaliyot yakunida ham hokimiyat kuç bilan özgartirilgan.
Amerikaning «Ivodzima» universal desant kemasi Venesuela qirğoqlari yaqiniga joylaştirildi. Uning palubasida maxsus operatsiyalar uçun vertolyotlarni olib yurişi mumkin. Foto: AFP
Mavzuga oid
Şu bilan birga, AQŞda bunday amaliyotlardagi muvaffaqiyatsizlik tajribasi ham bor – 1993 yilda vertolyotlarda Mogadişoga tuşirilgan maxsus topşiriqli bölinma «Somali milliy alyansi»ning ikki amaldorini qölga olişga uringan, ammo yakunda amaliyot köça janglariga aylanib ketib, amerikalik 18 askar halok bölgan.
Bu kabi operatsiyalar doimo xavfli bölib, razvedka, maxsus operatsiya kuçlari va aviatsiyaning kuçli qöllovini puxta tayyorlaş va muvofiqlaştirişni talab qiladi. Agar bu yetarli bölmasa, operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
2022 yil 24 fevralida, Ukrainaga bosqinning ilk kunida, Rossiya armiyasi vertolyotlar orqali Kiyev yaqinidagi Hostomel aerodromini egallab oliş uçun u yerga desant tuşirişga harakat qilgandi.
Amaliyot vaqtida şiddatli jang yuzaga kelgan va rossiyalik desantçilarning köpçiligi halok bölgan, vertolyotlar urib tuşirilgandi. Aerodromni egallaş maqsadi esa amalga oşmagandi.
Bunga rejalaştirişdagi nönoqlik va aniq razvedka ma’lumotlari yöqligi, şuningdek, aviatsiya harakatlari yaxşi muvofiqlaştirilmagani (buning natijasida Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlarini bostirilmagan) sabab bölgandi.
Amerikaliklar, katta ehtimol bilan, özining va özgalarning muvaffaqiyatsizligidan xulosa çiqarib, havo amaliyoti taktikasiga tuzatişlar kiritgan.
Karakasdagi amaliyot kölami va siyosiy maqsadlari borasida farqlanadi: bu, mohiyatan qudratli aviatsiya guruhi qöllovida harakatlangan maxsus topşiriqli guruh amalga oşirgan reyd. «Amerika duşmanlari»ni zararsizlantiriş uçun möljallangan bunday reydlar (işlatilgan kuçlar va vositalar nuqtayi nazaridan kiçikroq miqyosda) ilgari ham ötkazilgan.
2011 yil Pokistonning Abbottobod şahrida Amerika maxsus topşiriqli kuçlari «Al-Qoida» yetakçisi Usama bin Lodinni öldirgandi;
2019 yilda Suriyada (Idlib atrofida, öşanda muxolifatçi bölgan kuçlar nazoratidagi hududda) tarkibida 160-aviatsiya polki vertolyotlari va «Delta» maxsus topşiriqli bölinmasi jangçilari bölgan jangovar guruh tomonidan IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy yöq qilingan.
Ikki holatda ham terrorçilar joylaşgan hudud «rasmiylari» ogohlantirilmagan. Ammo öşanda iş Pokiston armiyasi yoki «Hayyat Tahrir aş-Şom» guruhi bilan töqnaşuvgaça yetib bormagandi. Venesueladagi reydda esa maxsus topşiriqli bölinma harakatlarini havo amaliyoti bilan muvofiqlaştiriş (Karakasdagi havo hujumidan mudofaa kuçlari hamda armiya bazasidagi qarşilikni bostiriş uçun) talab etildi.
Albatta, bu reydlar xalqaro siyosat uçun ham, Amerikaning içki siyosati uçun ham muhim bölgan jihatlari bilan ajralib turadi. Xususan, AQŞda demokratlar hozirgi operatsiyani harbiy harakatlar sifatida tasniflaş mumkinmi, degan savolni örtaga taşlamoqda (bu holda hukumat Kongressni xabardor qilişi majburiy bölardi). Tabiiyki, bunday operatsiya xalqaro huquq bilan qanday boğliqligi haqida munozaralar mavjud. Ammo harbiy nuqtayi nazardan muvaffaqiyatning asosiy omillari avvalgi reydlardagi bilan bir xil çiqdi: qöqqisdan hujum qiliş, tezkor harakatlaniş hamda kuçlar va öt oçiş vositalarining bir nuqtada töplanişi.
«Mutlaq qat’iyat» operatsiyasi şu qadar silliq keçdiki, köplab şarhlovçilar bu muvaffaqiyat Bolivar qurolli kuçlari yoki Venesuela hukumati bilan kelişuv natijasi bölganini taxmin qilmoqda.
Biroq bölib ötgan voqealar şuni körsatadiki, agar fitna röy bergan bölgan bölsa ham, amerikaliklar Venesuela armiyasiga jiddiy tösiq sifatida qaraşgan.
Kuçli raqib
Birinçidan, AQŞ qarşisida ançagina kuçli raqib turgandi. Bolivar qurolli kuçlari (Venesuela armiyasi şunday ataladi) 123 ming harbiy xizmatçidan iborat.
Armiya öz harbiy-havo kuçlariga ham ega. Qiruvçi aviatsiya tarkibida Amerika tomonidan işlab çiqarilgan F-16 A/B rusumli 21 ta samolyot hamda Rossiya yetkazib bergan Su-30MKV rusumli, nisbatan zamonaviy bölgan 21 ta samolyot mavjud.
Bu qiruvçilar Amerikaning F-22 yoki F-35 samolyotlaridan ortda qoladi, lekin nima bölganda ham Rossiyaning «suşkalari» törtinçi avlodga mansub jangovar samolyotlardir.
Venesuela harbiy-havo kuçlari ixtiyorida Amerikaning eskirgan F-16 qiruvçi samolyotlari (suratda) va Rossiyaning zamonaviyroq Su-30 samolyotlari mavjud. Foto: AFP
Havo hujumidan mudofaa kuçlarida S-300VM rusumli mobil zenit-raketna komplekslarining ikkita divizioni bor (jami 12 ta uçiriş qurilmasi). Ular ğildirakli şassiga örnatiladi, bu esa komplekslarga pozitsiyani tezda özgartirib, havo zarbalaridan qoçişga imkon beradi.
Ulardan taşqari, havo hujumidan mudofaa kuçlari tarkibida Buk-M2E rusumli töqqizta mobil qurilma hamda sovetlar davriga mansub eskirgan S-125 «Peçora» zenit-raketa komplekslaridan 44 tasi bor. «Peçora»ning imkoniyatlariga past baho bermaslik kerak – bunday qurilma 1999 yilda Yugoslaviya osmonida F-117 rusumli «körinmas» samolyotni urib tuşirgan.
Nihoyat, armiyada köplab köçma va mobil bölgan yaqin radiusli, raketa va artilleriya komplekslari mavjud. Ularning barçasi vertolyotlar uçun öta xavfli.
Oktyabr oyi oxirida Venesuela sohillari yaqiniga «Jyerald Ford» aviataşuvçisi yetib kelişidan oldinroq ham bu hududda allaqaçon Amerika havo kuçlari joylaştirilgandi – F-35 rusumli 10 ta qiruvçi samolyot qöşni Puerto-Rikoda turar, sohilga yaqin hudud osmonida bombardimonçi samolyotlar harakatlanardi.
Venesuela rahbariyati bu harakatlar kamida havo amaliyotiga olib kelişini tuşungan bölişi kerak. Bunday holatda mantiqan havo hujumidan mudofaa tizimlari şay holatga keltiriladi.
Qarorgoh atrofiga granatomyot va zenit-raketa komplekslari, oğir pulemyotlar va zenit töplarini joylaştiriş duşman operatsiyasini barbod qiliş uçun yetarli edi.
Amaliyot qanday ötdi?
Amaliyot qanday keçgani haqida faqat AQŞ ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi boşliği general Den Keynning qisqaça rasmiy bayonoti, Amerika naşrlarida çiqqan uzuq-yuluq tafsilotlar hamda Karakas aholisi tomonidan olingan bir neça videolar orqali tasavvur hosil qiliş mumkin.
Tungi soat 1 va 2 oraliğida Karakasning bir qismida svet öçgan. Soat 2 atrofida şaharda dastlabki portlaşlar ovozi eşitilgan. Bu vaqtda Serro-El-Vulkano toğidagi radarlar va aloqa komplekslari, La-Guayra porti va unga yondoş joylaşgan harbiy-dengiz akademiyasi, aviabaza va ikki aeroport zarbalar ostida qolgandi. Tarqalgan video va fotolarga qaraganda, bu zarbalarning asosiy nişonlari poytaxt atrofida joylaştirilgan havo hujumidan mudofaa tizimi obektlari bölgan (birinçi navbatda havo hujumidan mudofaa divizionining örta masofali «Buk-M2E» komplekslari). Katta ehtimol bilan, Amerika armiyasi raqibning havo hujumidan mudofaa tizimlari va ularni boşqariş tizimini işdan çiqariş uçun kuçli radioelektron bostiriş vositalarini ham qöllagan.
Keyingi aviazarbalar Karakasning janubiy çekkasidagi Fuerte-Tiuna harbiy bazasiga qaratiladi. Poytaxt mudofaasiga mas’ul bölgan mexanizatsiyalaşgan batalyon joylaştirilgan bu obektga (siyosiy va harbiy elitaning bir qismi uçun boşpana vazifasini ham ötagan) avvaliga aviabombalar taşlangan, keyin zarbdor vertolyotlar bilan hujum qilingan. Venesuelalik harbiylarning bir qismi vahimaga tuşib baza hududini tark etgan.
Köp ötmay şahar ustida pastlab uçayotgan CH-47 Chinook va CH-53 Sea Stallion rusumli vertolyotlar paydo bölgan. 160-aviatsiya polkining bu vertolyotlari amaliyot boşlanganida AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Karib dengizi hududida, Karakasdan 230 kilometr masofada turgan «Ivodzima» universal desant kemasi sahnidan havoga kötarilgandi. Vertolyotlar tungi soat 2 da Maduroning harbiy baza hududidagi uyi oldiga «Delta» maxsus topşiriqli kuçlarining qölga oliş guruhini tuşirgan. Qisqa muddatli jangdan keyin (qöriqçilar bilan otişma yarim soatga ham bormagan, jang vaqtida vertolyotlardan biri şikastlangan) qölga oliş guruhi uyga bostirib kirgan hamda Maduro va uning rafiqasini qölga olgan. Ular vertolyotlardan biriga çiqarilib, «Ivodzima»ga olib ketilgan. Amerikaning barça uçiş apparatlari mamlakat havo kengliklarini tark etgan.
Amerikaliklarda har ehtimolga qarşi zaxira kuçlari ham tayyor turgandi: CV-22 Osprey rusumli 10 ta konvertoplan hamda 75-polk harbiy xizmatçilari ham operatsiyaga jalb etilgan va vaziyatga qarab qöşimça desant tuşirilişi mumkin edi. Ammo yakunda bunga zarurat bölmadi.
Mobil telefon orqali olingan videoda Karakas ustida pastlab uçayotgan vertolyotlar körinadi.
Butun operatsiya uçun ikki soat-u yigirma daqiqa sarflandi, ammo unga tayyorgarlik oylar mobaynida olib borilgandi.
Operatsiya tinç aholi orasida minimal qurbonlar bilan ötkazilişi kerak edi. AQŞ harbiy-havo kuçlari Karakasni yoppasiga bombardimon qilişga qodir edi, ammo bu holda Donald Tramp ma’muriyati uçun operatsiyaning siyosiy oqibatlari yanada murakkablaşgan bölardi.
New York Times gazetasi yozişiça, baribir tinç aholi orasida qurbonlar bölişidan qoçişning iloji bölmagan – turli manbalarga köra, 40 nafardan 80 nafargaça kişi halok bölgan, şundan bir qismi venesuelalik va kubalik harbiylar, yana bir qismi tinç aholi vakillari edi.
Venesuela armiyasi nega qarşilik körsatmadi? AQŞ barçani sotib olgan bölişi mumkinmi?
Bu versiya darhol örtaga çiqqandi, ammo hozirça bu gumonni dastaklovçi dalillar paydo bölmadi. Venesuela harbiylari imkon qadar qarşilik körsatişga (vaziyatni, duşman maqsadlarini aniq bilmagan holda) uringaniga esa dalillar bor.
Venesuelalik harbiylar ham Amerika desantidan himoyalaniş rejasini amalga oşirişga harakat qilişgani aniq: masalan, Karakasni bosib oliş uçun zarur bölgan katta kuçlarni transport samolyotlari yordamida havo bazalari va aeroportlarga tuşirişga qarşi çoralar körilgan: uçiş-qöniş yölaklari samolyotlar orqali qöriqlangan.
Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning ma’lumotiga köra, Maduroning qöriqçilari safida bölgan harbiylar jangga kirişib, köpçiligi halok bölgan. Ular vertolyotlardan birini urib tuşirişga va bir neça amerikalik jangçini yaralaşga muvaffaq bölgan.
Hujumdan söng darhol Karakas markazida armiya kuçlari va zirhli texnikalar paydo böldi. Zaxiralarni şaharga köçiriş boşlandi. Ammo bu vaqtga kelib, AQŞ armiyasining operatsiyasi allaqaçon yakunlangan edi.
Venesuela havo hujumidan mudofaa tizimining harakatlarini (aniqroği – harakatsizligini) alohida ta’kidlaş kerak. E’lon qilingan videoga köra, Karakasning havo hujumidan mudofaasi dastlabki daqiqalardayoq bostirilgan, havo nişonlarini erta aniqlaş vositalari ham yöq qilingan: masalan, Xitoy tomonidan yetkazib berilgan va şahar şimolida joylaştirilgan radarlar, şuningdek, kamida ikkita (ehtimol, undan ham köproq) «Buk» havo hujumidan mudofaa tizimlari işdan çiqarilgan. Karakasdan taxminan 100 kilometr janubda joylaştirilgan S-300 uzoq masofali zenit-raketa diviziyasi esa janglarda qatnaşmagan, katta ehtimol bilan, Amerika radioelektron bostiriş kuçlari ularning işlaşiga yöl qöymagan (divizion pozitsiyalariga hujumlar haqida xabar berilmagan).
Karakas şimolidagi generalissimus Fransisko de Miranda nomidagi harbiy aerodromda (La-Karlota) yöq qilingan havo hujumidan mudofaa tizimi qurilmasi
Leonardo Fernandez Viloria / Reuters / Scanpix / LETA
Venesuela armiyasi harbiy xizmatçilari kamida bir marta «Igla-S» rusumli köçma zenit raketa kompleksidan (Rossiya mamlakatga bunday komplekslardan beş mingtasini yetkazib bergan) foydalanişga uringan. Raketa nişondan çalğib ketgan va şahar çekkasidagi tepalikda portlagan. Katta ehtimol bilan, Amerika vertolyotlaridagi Directional Infrared Counter Measures (DIRCM) tizimi uning yönalişini özgartirib yuborgan. Köçma zenit raketa komplekslaridan ommaviy foydalaniş kuzatilmaganini amerikaliklar qöqqisdan hujum qilgani hamda radioelektron kuraş va radioelektron bostiriş vositalari ta’siri bilan izohlaş mumkin.
Amerikaliklar nimaga erişdi?
Operatsiyaning aniq maqsadi – Maduroni qölga oliş edi va bu ajoyib tarzda amalga oşirildi. Biroq, reyd tugagandan söng, Tramp boşqa siyosiy maqsadlarni ham e’lon qildi – Venesuelada hokimiyat tranziti va mamlakat neft aktivlarining bir qismini Amerika kompaniyalariga ötkaziş (uning fikriça, bu nafaqat «adolatni tiklaşga» – ya’ni Venesuelaning avvalgi hukumatlari tomonidan milliylaştirilgan mulkni AQŞ kompaniyalariga qaytarişga, balki amerikalik soliq tölovçilarning harbiy operatsiya uçun xarajatlarini qoplaşga ham yordam beradi). Bu maqsadlarni amalga oşiriş ança murakkab – Karakasdagi operatsiya esa buni yaqinlaştirgani yöq.
Tramp Maduroning safdoşlari, xususan, vitse-prezident Delsi Rodriges (mamlakatning vaqtinça prezidenti), endi «Amerika nimani aytsa, şuni qilişi, çunki ularda boşqa çiqiş yöli ham yöqligi»ni aytgandi. Ulardan AQŞ davlat kotibi Marko Rubioga böysuniş kutilmoqda. Ammo hozirça sönggi voqealar barçasi silliq keçişini körsatmayapti – Rodriges hamda Maduroning boşqa safdoşlari uni ozod etişni talab qilib, «Venesuela bundan buyon heç qaçon mustamlakaga aylanmasligi»ni aytişmoqda.
Katta ehtimol bilan, katta qöşinlar işga solinadigan keng kölamli amaliyotsiz (Tramp ma’muriyati esa bungaça borişini istamayapti) bu maqsadlarga ham erişib bölmaydi.
Şunisi aniqki, AQŞning kuçlar, razvedka va boşqaruvdagi ustunligi ularga Venesueladagi rejimni özgartiriş böyiça umumqöşin operatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlaş imkonini beradi. Ammo bu mutlaqo boşqa resurslarni talab qilişi aniq hamda Tramp va safdoşlari uçun içki siyosiy vaziyat yomonlaşuviga olib kelişi mumkin.