Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola bog‘chada va boshlang‘ich ta’limda o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi kerak - Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zbek tilida «tili chiqqan» bolani rus sinfga berish bola manfaatlarining buzilishi ekanini aytdi.
Biz bugun afsuski bolalarni begona tilda tarbiya ko‘rishga, boshlang‘ich ta’lim olishga majbur qilyapmiz va buning oqibatida bolalardan maktabda kutgan bilimni, bog‘chada kutgan tarbiyani ololmayapmiz. Bu haqda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Qonunchilik palatasida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini kuchaytirish, shuningdek bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qish jarayonida aytib o‘tdi.
«Bola bog‘chada va boshlang‘ich ta’limda o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi kerak va ilm olishning poydevorini boshlashi kerak. Biz bugun afsuski bolalarni begona tilda tarbiya ko‘rishga, boshlang‘ich ta’lim olishga majbur qilyapmiz va buning oqibatida bolalardan maktabda kutgan bilimni, bog‘chada kutgan tarbiyani ololmayapmiz... Negadir odamlar bu xatoni tan olishni xohlamayapti. Afsuski, bu pedagogikada isbotini topgan muammo. Va qonunda buning aks etishi judayam ma’qul, buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Faqat bitta taklif. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ta’lim tilini tanlash erkinligi belgilab qo‘yilgan. Buni maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda har bir bolaning ustun manfaati sifatida o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi va boshlang‘ich ta’lim olish majburiyatini ta’kidlab qo‘yishimiz kerak. Bugun bola begona tilda tarbiya olishga majburlanyapti va tarbiya olmayapti. Begona tilda boshlang‘ich ta’lim olishga majburlanyapti va boshlang‘ich ta’lim olmayapti. Oqibatda bola tarbiyasiz va ta’limsiz bo‘lib qolyapti», dedi Alisher Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi tashabbuskorlari bunga e’tibor qaratishi kerak va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi loyihani ikkinchi o‘qish jarayonida ushbu tahrirni shakllantirish va takomillashtirishga erishadi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
08:39 / 25.02.2026
Dehlidagi universitetda o‘zbek tili bo‘yicha 4 yillik bakalavriat ochiladi
10:01 / 24.02.2026