Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi xorijda vafot etganlarning jasadlarini qaytarish uchun pul yig‘ayotgan firibgarlardan ogohlantirdi
Migratsiya agentligi xorijda vafot etganlarning jasadlarini qaytarish uchun pul yig‘ayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Agentlik bunday xarajatlar davlat tomonidan qoplanishini eslatib, hech qanday pul o‘tkazmaslikka chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda bo‘lib turgan vaqtida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini yurtga olib kelish uchun turli plastik kartalarga pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda. Migratsiya agentligi ushbu holat yuzasidan ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, ayrim holatlarda firibgarlar eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, pul ishlab olishga urinmoqda.
«Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Qonuniy va ishonchli yo‘l — Migratsiya agentligiga murojaat qilish», – deyiladi xabarda.
Agentlik agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinishini eslatib o‘tdi.
Shu kabi vaziyatlarda agentlikning quyidagi raqamlariga murojaat qilish so‘raladi:
- (71) 202−33−55;
- 1282;
- Telegram bot: @huquqiy_yordam_uzbot.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
21:32 / 02.06.2026
6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
20:10 / 23.05.2026
Ikkita xususiy bandlik agentligining faoliyati tugatildi
14:51 / 02.01.2026