O‘zbekiston | 21:32
532
4 daqiqa o‘qiladi

6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Janubiy Koreyaga ishga yuborishga va’da berib, fuqarolardan yuz minglab dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Migratsiya agentligi komplayens xizmati bilan hamkorlikda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida “I.A,” MChJ rahbari S.B. 48 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 384 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 28800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 5 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fuqaro S.A. 2 nafar fuqaroni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, jami 24000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Navoiy viloyatida fuqaro B.N. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga yuborishini aytib, 22200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida fuqarolar M.A. (muqaddam sudlangan) va Sh.T. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 33000 AQSh dollari evaziga Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, 22000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida fuqaro S.B. fuqarolar M.P. va J.Sh.ni Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib 21,5 mln so‘m va  600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.Q. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, 19000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Namangan viloyatining Chortoq tumanida fuqaro X.Sh. fuqarolar M.D. va A.D.ni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborish va imtihonlardan o‘tkazishni va’da qilib, 19000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro B.K. fuqaro N.M.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 9 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida fuqarolar N.R. va R.Q. 12000 AQSh dollari evaziga fuqaro Yo.O.ni Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, shundan 6600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida fuqaro M.F. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 20000 AQSh dollari evaziga migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga yuborishini aytib, shundan 6000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)  va 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid