Qariyb yarim asrdan beri — otasi, Eronning sönggi şohi taxtdan ağdarilganidan söng — Rizo Pahlaviy AQŞda muhojirlikda yaşab keladi. Sönggi yillardagi beqarorliklar, jumladan 2026 yil boşidagi voqealar fonida u namoyişçilarni yanada faol harakat qilişga çaqirgan, özini dunyoviy va demokratik Eron tarafdori sifatida namoyon etgan hamda rejim almaşişi ğoyasini qöllab-quvvatlagan.

Pahlaviy muhojirlikdan vataniga “ilk imkoniyat tuğilişi bilan” qaytişga tayyor ekanini va bunday rejasi borligini bildirgan. Şuningdek, u oyatullohlar rejimi ağdarilgan taqdirda Eronni boşqariş uçun “ötiş davri jamoasi”ni şakllantiriş niyati haqida ham aytgan. Axios ma’lumotiga köra, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan maxfiy uçraşuv ötkazgan.

Eron şohi Muhammad Rizo Pahlaviy va uning rafiqasi Farahning katta öğli 1960 yilda tuğilgan. 1967 yilda — otasining toj kiyiş marosimida, yetti yoşiga bir neça kun qolganda u rasman valiahd şahzoda deb e’lon qilingan.

Biroq 1979 yilda Ğarbga moyil monarxiya ağdarildi va Eronda bugungaça saqlanib kelayotgan rejim örnatildi. Islom inqilobi Rizo Pahlaviyni AQŞda — u yerda qiruvçi samolyot uçuvçisi böliş uçun tahsil olayotgan vaqtda “kutib olgan”. Keyin u Janubiy Kaliforniya universitetining siyosatşunoslik fakultetiga öqişga kirgan va umrbod AQŞda qolib ketgan.

“Hayotimdagi yagona missiya — Eron xalqining oxir-oqibat erkin va adolatli saylovlar orqali öz kelajagini mustaqil belgilay olişini ta’minlaş”, — degan Pahlaviy 2023 yilda DW’ga. Uning aytişiça, Eronliklar saylovga çiqib kelajagini hal qiladigan kun uning missiyasi yakunlanadi va siyosiy roli ham tugaydi.

U omma oldida xalq irodasi orqali Eronning kelajakdagi davlat tuzumini belgilaş ğoyasini qöllaşini aytgan bölsa-da, Pahlaviy ötiş davrida, ehtimol, uzoq muddatli rahbarlik rolini ham egallaşga intilmoqda.

2025 yil iyunida Isroil va Eron örtasidagi 12 kunlik uruş paytida Pahlaviy Tehrondagi rejim qulagan taqdirda vaqtinçalik hukumat rahbari sifatida öz nomzodini taklif qilgan. “Bugun men vatandoşlarimga murojaat qilib, özimni tinçlik va demokratik özgarişlar yöliga yetaklaydigan yetakçi sifatida taklif qilaman, — degan u Parijdagi matbuot anjumanida. — Men siyosiy hokimiyatga intilmayman, balki xalqimizga bu öta muhim pallada barqarorlik, erkinlik va adolatga yetib olişda yordam berişni istayman”.

Öşanda u Eronni demokratiyaga olib ötiş böyiça reja va strategiyalarini ham e’lon qilgan: “hududiy yaxlitlik, şaxsiy erkinliklar va barça fuqarolarning tengligi, şuningdek dinni davlatdan ajratiş” tamoyillariga tayanişini aytgan. “Kelajak demokratiyasining yakuniy şaklini Eron xalqi umummilliy referendumda belgilaydi”, — deb ta’kidlagan u.