Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vikipediya sun’iy intellekt kompaniyalariga maqolalardan foydalanish huquqini berdi
Yangi kelishuvlarga ko‘ra, kompaniyalar Wikimedia Enterprise xizmati orqali Vikipediya ma’lumotlariga kirish uchun rasman pul to‘laydi.
Vikipediyani boshqaruvchi Wikimedia fondi yirik sun’iy intellekt kompaniyalari bilan yangi kelishuvni e’lon qildi. Ular orasida Amazon, Meta, Microsoft, Perplexity va Mistral AI bor.
Yangi kelishuvlarga ko‘ra, kompaniyalar Wikimedia Enterprise xizmati orqali Vikipediya ma’lumotlariga kirish uchun rasman pul to‘laydi. Bunday yondashuv «saytdan ma’lumotlarni ruxsatsiz yig‘ish» o‘rnini bosadi va kontentdan «qonuniy va shaffof shartlarda» foydalanish imkonini beradi.
Bitimlar bir yil davomida tuzilgan bo‘lsa-da, ilgari ular haqida jamoatchilikka e’lon qilinmagan. Yangi «hamkorlar» Google, Ecosia va boshqalarga qo‘shildi.
Wikimedia fondining ta’kidlashicha, Vikipediya «zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi». Ensiklopediyadagi ma’lumotlardan chat-botlar, qidiruv tizimlari, ovozli yordamchilar va boshqa sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarda foydalaniladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
17:04 / 22.06.2026
Sun’iy intellekt va bilim illyuziyasi: Nega yosh mutaxassislar o‘sishdan to‘xtab qolmoqda?
21:55 / 15.06.2026