Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
O‘tgan yilda O‘zbekistonga 11,7 mln nafar chet ellik turistik maqsadlarda kelgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 47 foizga ko‘p. Ushbu davrda O‘zbekistonga kelayotgan afg‘onistonliklar soni 6,5 barobarga, xitoyliklar soni 3,8 barobarga, turkmanistonliklar soni 87 foizga oshgan. MDH mamlakatlarini hisobga olmaganda eng ko‘p sayyoh Afg‘onistondan kelyapti.
Foto: Getty images
2025 yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqaroci turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 3,7 mln nafarga yoki 46,8 foizga oshgan.
Kun.uz 2024 yil va 2025 yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida o‘zgarishini tahlil qildi:
- Qirg‘iziston – 3,3 mln nafar (2024 yilda 2,33 mln nafar);
- Tojikiston – 2,7 mln nafar (2,32 mln nafar);
- Qozog‘iston – 2,7 mln nafar (1,48 ming nafar);
- Rossiya – 984 ming nafar (788 ming nafar);
- Afg‘oniston – 476 ming nafar (73 ming nafar);
- Turkmaniston – 370 ming nafar (198 ming nafar);
- Xitoy – 279 ming nafar (74 ming nafar);
- Turkiya – 175 ming nafar (119 ming nafar);
- Hindiston – 81 ming nafar (71 ming nafar);
- Janubiy Koreya – 46 ming nafar (41 ming nafar).
Hisobot davrida O‘zbekistonga kelayotgan xitoyliklar soni 3,8 barobarga, turkmanistonliklar soni 87 foizga, qozog‘istonliklar soni 82 foizga oshgan. MDH mamlakatlarini hisobga olmaganda, eng ko‘p sayyoh Afg‘onistondan kelyapti. Xususan, o‘tgan yilda ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga kelganlar soni qariyb 6,5 barobarga ko‘paygan. Bu Termizda logistika markazi ochilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Umumiy tashrif buyuruvchilarning 9,5 mln nafari yoki 81,5 foizi qo‘shni davlat fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
18:00
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
14:25
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
13:12
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
12:25