Ko‘chmas mulk | 21:49 / 20.01.2026
4177
10 daqiqa o‘qiladi

Joylashuv, "planirovka" va sifat: xonadon xaridi bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari

2026 yilda O‘zbekistonda ilk marta 140 mingta xonadonga ega ko‘p qavatli uylar quriladi. Bozorda raqobat oshib, developerlar turli chegirmalar, bo‘lib to‘lash imkoniyatlari va bonuslarni taklif qilyapti. Bunday vaziyatda shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilib qo‘ymaslik uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis Bobur Jafarovning maslahatlari asqotadi.

Umuman olganda hovli xarid qilgan yaxshimi yoki ko‘p qavatli uydan xonadon?

- Bu qiziq savol. Birinchidan, bu baribir iqtisodiy tomondan kelib chiqadi.

Misol uchun, kvartiraning ham yaxshi, qulay tomonlari bor, uchastkaning ham qulay tomonlari bor. Uchastka qimmat degani zo‘r degani emas. Uning minuslari ham bor-da. Oldin o‘zingiz hal qilishingiz kerak. Misol uchun, sizda balkim uchastkaga yetadigan pulingiz bordir, lekin kvartira ham sizning oilangiz uchun mos bo‘lishi mumkin.

Bu degani, misol uchun, o‘sha 200-300 ming dollar pul, uchastkaning puli, markazdan bitta kvartira olib turib, yaxshi infrastruktura, parkovkasi, bog‘lari bor, misol 100-150 kvadrat atrofida yashashingiz mumkin. Agar sizning oilangiz yosh oila bo‘lsa - ertalab ishga ketasiz, kechqurun kelasiz dom qulay. Sayohat qiladiganlarga ham, misol uchun, shundoq qulflaysiz, ketasiz. Domda o‘zining qorovuli bor, qarab turadi.

Lekin uchastkada uning minuslari bor. Misol uchun, uyda uy hayvonlari bo‘lishi mumkin, kotyol ishlab turadi, boshqa sistemalar. Gazonlarni o‘rishingiz kerak, yozda daraxtlarga qarashingiz kerak. Xullas, mana shunaqa minuslari bor.

- Bobur aka, uyni sotib olayotganda nimaga etibor berish kerak?

- Uy olishda, albatta, birinchi o‘rinda - lokatsiya. Lokatsiya deganda, misol, sizning yaqinlaringiz o‘sha mahallada turishi sizga qulayroq bo‘ladi. Ota-onangiz yoki oshna-og‘aynilaringiz o‘sha joylarda yashashlari. Keyin, avtobus, metrolarga yaqinroq bo‘lishi kerak. Albatta, undan keyin boshqa texnik tomonlarga ham e’tibor berish kerak. Misol, domning qanday qurilgani. Uni yuzaki ko‘rishingiz ham mumkin, misol, qandaydir yoriqlar bo‘lishi mumkin. Buni eng yaxshisi, tanish birorta prorab yoki bo‘lmasa dizayner, arxitektor tanishlar bo‘lsa olib kelib, bemalol maslahatlashib olsangiz bo‘ladi. Ular chuqurroq, ichkaridan ko‘rib bera oladi.

Mustahkamligiga, birinchi o‘rinda. Undan keyin ichki dizaynlarini bemalol, xohlaganingizcha qilishingiz mumkin. Kvartirada infrastruktura yaxshiroq bo‘ladi, chunki katta ko‘chaga yaqinroq, avtobus bekatlariga yaqin bo‘ladi. Uchastkalarda bu masala sal og‘irroq, u ichkariroqda bo‘ladi. Shuni ham hisobga olish kerak.

- Men mutaxassis emasman, lekin uy xarid qilishim kerak. Uy xaridida vizual jihatdan nimalarga etibor berishim kerak?

- Kvartira sotib oladigan bo‘lsangiz, birinchi o‘rinda uning planirovkasiga e’tibor berish kerak, derazalarning soniga qaraladi. Ya’ni, planirovka ham “skvoznoy” bo‘lishi kerak. Agar domning ikki tomonidan deraza bo‘ladigan bo‘lsa, judayam yaxshi. Misol uchun, mana bu zalimizda deraza hovliga qaragan va oshxonamizda ham deraza hovliga qaragan. Mana bu xonalarimizniki hammasi orqa tomonga qaragan. Bu degani, yozda, konditsioner ham kerak emas, ikki tomondan ochsangiz, havo yaxshi aylanadi. Birinchi e’tibor beradigan narsa shu.

Keyingisi, bu o‘sha majmuaning hovlilariga etibor bering. Albatta, parkovka hozirgi kunda juda katta muammo. Parkovkalari bo‘lishi kerak, bolalar uchun o‘ynaydigan joy kerak. Ertaga siz bolalaringizni ko‘chaga tushirib yuborsangiz, hovlida hech qanaqa mashinalar o‘tib-qaytishi, “proxodnoy” bo‘lmasligi kerak. Unda yopiq devor bo‘lsa, hozirgi kunda qorovullari ham bor, ular ham judayam yaxshi. Harakat qilish kerak, mana shunaqa yaxshi infrastrukturali obektlardan olishga.

- Bobur aka, domning dizayni judayam chiroyli ekan-da. Mana shunaqa uylarni qurayotganda dizayn xizmatidan foydalanish shartmi? O‘zi qursa bo‘lmaydimi?

- Bo‘ladi, albatta. O‘zingiz ham qilishingiz mumkin, lekin buning uchun sizda ozgina bo‘lsa ham uquv bo‘lishi kerak, dizaynni tushunishingiz kerak.

- Uning plyus-minus tomonlari-chi?

- Dizayn xizmatiga alohida pul to‘laysiz. Bu, albatta, umumiy narxga qo‘shiladi. Lekin materialni dizayner bilan olsangiz ham, o‘zingiz borib tanlasangiz ham bir xil narx. Misol uchun, mana biz zonaga ajratdik. Buni dizayner taklif beradi. Lekin bu umumiy ko‘rinishda baribir ham qulaylik yaratadi, ham estetik jihatdan ko‘rinish beradi.

Keyin zal misolida olsak zalda ham zonalarga ajratamiz. Misol uchun, “myagkiy zona” va stol-stul zonasi bor. Hozirgi kunda chet ellarda zal degan tushuncha yo‘q. Ularda hol, kuxnya hammasi qo‘shilib ketgan. Bizda endi mehmon kelganda sal alohida bo‘lsin deymiz. Agar yosh oila bo‘lsa, bemalol, ularga mehmon kamroq keladi, studiya qilib, hol, kuxnya hammasini qo‘shib yuborib turib, bemalol chiroyli katta studiya qilgani yaxshi.

Zalni faqat mehmon kelganda emas, kundalikda ham ishlatish kerak. Maksimal foydalanish kerak undan.

- Bobur aka, ko‘pchilik bilishi kerak bo‘lgan bilim borki, u huquqiy tomondan uy xarid qilayotganda nimalarga etibor berish kerak?

- Xo‘p, birinchi o‘rinda, agar uchastka xarid qilsangiz, hozir Toshkent shahar genplani ochiq. Uni ko‘rib ko‘cha snosga tushganmi, qanday perspektivasini ko‘rsangiz bo‘ladi. O‘sha bilan bemalol notariusga borib oldi-sotdi qilish mumkin.

«Vtorichka»da ham muammo yo‘q, borasiz, notarius siz uchun hammasini hal qiladi. Agar qanaqadir zapretlari bo‘lsa, yechiladi, to‘lovlar qilinib, oldi-sotdi qilib olasiz.

Kvartirada, novostroykada muammo ko‘proq. Siz birinchi o‘rinda Kengashdan o‘tgan loyihasini so‘rashingiz kerak sotuvchidan, qurilish kompaniyasidan. Loyiha tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Undan keyin loyihani ekspertizadan o‘tkazish kerak. Ekspertizadan o‘tgan xulosasini ham ko‘rsatsa Davlat qurilish nazorati inspeksiyasi bor, o‘sha bilan kelishilgan shartnomasi bo‘ladi.

Endi, agar qurilish boshlangan dom bo‘lsa, ular hammasini qilib bo‘lgan bo‘ladi. Uning oxiriga yetishi 99%. Keyin yana muhim narsalardan biri, qurilish qachon tugatiladi, shuni aniq quruvchi bilan kelishib olish kerak, qachon topshiradi domni? Ko‘p joyda shu cho‘zilib ketyapti.

- Agar vaqtida topshirmasa-chi?

Buni o‘zaro shartnomada yozib, aniq ko‘rsatish kerak. Agar vaqtida topshirsa mana bunaqa, topshira olmasa mana bunaqa deb hammasini ko‘rsatishi kerak.

- Bobur aka, ko‘pchilik xonadonlarni xarid qilayotganda karobka holatida qabul qiladi, ya’ni sotib oladi, qurilishda lekin xunobi chiqadi. O‘zi tayyor uylarni olgani yaxshimi yoki bo‘lmasam endigina qurilgan uylarnimi?

- Albatta, tayyor uy yaxshi. Oldingiz, ko‘chib keldingiz, umuman muammoyingiz yo‘q. Siz narxidan ham yutishingiz mumkin. Tayyor, remont qilingan bo‘lsa, narxidan ham yutasiz. Chunki ular oldinroq remont qilgan, keyin bazoviy narsalardan foydalanilgan, shuning uchun uning narxi arzonroq chiqadi.

Siz karobkani olib, individual remont qilaman desangiz, unga dizayn qilasiz. O‘zingiz, misol, bitta kabel torsangiz ham uning qalinrog‘ini tortasiz, bitta texnika olsangiz ham uning zo‘rini qilasiz, kotyol qo‘ysangiz ham sal kattarog‘ini qo‘yasiz, ertaga muammo bo‘lmasin deb, hamma narsaning zo‘rini qilasiz-da o‘zingiz uchun. Bu baribir, xohlasangiz-xohlamasangiz, qimmat chiqadi. Shuning uchun tayyor remonti bilan olganingiz yaxshi. Faqat u sizga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi?

Karobka olib turib remont qilganda, u oila xohishlaridan kelib chiqib qilinadi. Sizning, ayolingizning, bolalaringizning didlariga qarab, nimalar xohlaydilar, har bittasi bo‘yicha dizayner ish qiladi, quruvchilar o‘sha bo‘yicha qurib beradi. Bu albatta qimmat chiqadi.

- Bobur aka, mulkdor uyni sotib olgandan keyin, uy uchun to‘laydigan asosiy xarajatdan tashqari, yana ko‘p qavatli uyda qanaqa xarajatlar bor?

-Kvartira xarajatlariga kelsak, oldi-sotdida to‘lovni qildingiz, uy sizniki. Keyin bu yoqda parkovka masalasi. Yangi qurilgan domlarda hozir parkovka ham sotiladi.

Keyin qo‘shimchasiga, hovlining uborkalari bor, qorovul bor, kameralar turadi – uy-joy kommunal to‘lovlari. U ham hozir novostroykalarda yaxshigina summa chiqadi. Qolgani, soliqlar, gaz bor.

- Bergan ma’lumotlaringiz uchun rahmat. Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvda uchastkada davom ettiramiz.

- Albatta, xursand bo‘lamiz. Bu safar mana kvartirani ko‘rsatib berdik. Keyingisida kattaroq hovlilarni ham ko‘rsatib beramiz.

- Rahmat!

Бахтинур Муҳамедов
Muallif Бахтинур Муҳамедов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid