Aleksandr Duginning Markaziy Osiyo suverenitetini inkor qilişi – Rossiya elitasi içidagi kayfiyatni oçib beradi. Çunki u oddiy mafkuraçi emas, balki ötaketgan millatçilik, imperiyabozlik va uruşqoqlikni soxta-ilmiy asoslovçi siyosiy figuradir. “Geosiyosat”ning navbatdagi sonida siyosatşunoslar bu propagandaçining şovinistik faoliyati va Kremlning tutumlariga e’tibor qaratdi.

— Aleksandr Dugin kim va uning bayonotlari nimani anglatadi?

Şuhrat Rasul: Bugungi Rossiya siyosiy elitasi döstona munosabatlar örnatilgan davlatlarni ham asta-sekin duşman obraziga aylantiriş bilan şuğullanmoqda. Dugin, Solovyov, Prilepin kabi şaxslar vaqti-vaqti bilan imperiyaçi va şovinistik ruhdagi bayonotlar bilan ommaga çiqariladi, kerak bölsa rağbatlantiriladi, mukofotlanadi. Masalan, Solovyov yangi yil arafasida Rossiyaning eng oliy ordenlaridan biri bilan taqdirlangan edi. Markaziy Osiyoga qarşi bayonotlar bilan Solovyovdan keyin sahnaga Aleksandr Dugin çiqarildi.

Savol tuğiladi: Dugin kim? Aslida u marginal qatlamlar mafkurasining tarğibotçisi hisoblanadi. Uning 1990-yillarda Eduard Limonov bilan birga Natsional-bolşeviklar partiyasiga asos solgan. Limonov rus matbuotida haddan taşqari marginalligi sabab “Ediçka” laqabi bilan tanilgan. Dugin uzoq vaqt uning eng yaqin ittifoqçisi bölgan, keyinçalik yöllari ajralgan. Bugun esa rus ommaviy axborot vositalari Duginni possovet Rossiyasidagi göyoki jiddiy olim sifatida talqin qiladi, uning faoliyati hatto ayrim manbalarda börttirib körsatiladi. Aslida esa u köçirmaçi, özlaştirilgan ğoyalarni “yangi mafkura” sifatida taqdim etayotgan şaxsdir. Uning asosiy konsepsiyasi “yevrosiyoçilik”, XIX–XX asr boşlaridagi imperiyaviy tafakkur, xususan britaniyalik geograf Makinder nazariyalarining deyarli nusxasidir.

Makinder dunyoni quruqlik (Heartland) va dengiz (Rimland) kuçlariga ajratib, ularning doimiy qarama-qarşiligini tasvirlagan. Bu qaraşlar öz davri uçun muayyan mantiqqa ega bölgan bölişi mumkin, ammo XXI asr şaroitida ular uruşni tarğib qiluvçi eskirgan ğoyalardir. Dugin esa “Heartland” atamasini “yevrosiyoçilik” bilan almaştirib, sobiq SSSR hududlarini kelajak hukmronligi markazi sifatida körsatadi. U turkiy xalqlarni slavyanlarga xizmat qiluvçi, vaqt ötib yöq bölib ketişi kerak bölgan etnoslar sifatida talqin qiladi.