Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
Xabar qilinishicha, mushuk o‘tgan yil avgustida yo‘qolib qolgan.
Filu laqabli mushuk 250 kilometr yo‘l bosib Ispaniyadan Fransiyaga qaytib keldi, deb yozadi France Info.
Xabar qilinishicha, mushukning egalari Evelin va Patrik Sir yozda farzandlari bilan Ispaniyada dam olgan va o‘tgan yil avgustida o‘zlari yashaydigan Olonzak kommunasiga qaytishgan.
Oila yo‘lda benzin quyish uchun to‘xtagan va Filu mashinadan tushib qolgan. Ular buni keyinroq payqashgan va benzin quyish shoxobchasiga qaytib borishgan, lekin mushuk topilmagan.
Oradan besh oy o‘tgach, ularga Olonzak kommunasida yashaydigan Elen ismli ayol qo‘ng‘iroq qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u Filuni 9 dekabr kuni hovlisida topib olib, parvarish qila boshlagan. Bir kuni mushuk yo‘talayotganini ko‘rgach, uni veterinarlarga olib borgan. Veterinarlar mushukni ko‘zdan kechirish chog‘ida unga o‘rnatilgan chipni ko‘rishgan va ushbu chipdagi ma’lumotlar orqali Elen Evelin va Patrik bilan bog‘langan.
Mushuk buncha masofani qanday bosib o‘tgani noma’lum.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026