Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
2026 yilning yanvar oyidan Janubiy Koreyada «Sun’iy intellekt to‘g‘risidagi asosiy qonun» kuchga kirdi. Ushbu hujjat SI yordamida yaratilgan kontentlar, jumladan, tasvirlar, videolar, audiolar va dipfeyklarni majburiy ravishda belgilab qo‘yishni talab qiladi.
Janubiy Koreya sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonun kuchga kirgan dunyodagi ilk davlatga aylandi. Ushbu hujjat sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentlar, jumladan, tasvirlar, videolar, audiolar va dipfeyklarni majburiy ravishda belgilab qo‘yishni talab qiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Gap 2026 yil yanvar oyidan amal qila boshlagan «Sun’iy intellekt to‘g‘risidagi asosiy qonun» (AI Basic Act) haqida boryapti. Normativ hujjat sun’iy intellekt xizmatlari faoliyatida shaffoflik talablarini nazarda tutadi va generativ modellar tomonidan yaratilgan barcha materiallarni majburiy ravishda belgilashni talab etadi. Foydalanuvchilar kontent SI natijasi ekani haqida ochiq-oydin xabardor qilinishi shart.
Ayniqsa, sog‘liqni saqlash, transport, moliya va xavfsizlik kabi «xavf yuqori» sohalar uchun alohida talablar belgilangan. Bu yo‘nalishlarda sun’iy intellektdan foydalanish faqat inson nazorati mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, hukumat o‘tish davri joriy etilganini ma’lum qildi. Bu paytda kompaniyalar yangi talablarga moslashishi uchun sanksiyalar qo‘llanmaydi.
Ma’lumot uchun, mazkur qonun Janubiy Koreya parlamenti tomonidan 2024 yil oxirida qabul qilingandi. Asosiy maqsad — dipfeyklar va boshqa SI-kontent bilan bog‘liq dezinformatsiya hamda suiiste’mol xavflarini kamaytirish, shuningdek, jamiyatning yangi texnologiyalarga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
08:47 / 13.06.2026
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
11:30 / 10.06.2026