Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan tashabbusli budjetda “50/50” sheriklik moliyalashtirish tartibi joriy etiladi
Qonunchilikka kiritilgan yangi tartibga ko‘ra, tashabbusli budjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtiriladi. Agar fuqarolar tashabbusi bilan loyiha qiymatining kamida 50 foizi ixtiyoriy tarzda to‘plansa, loyiha g‘olib deb topilib, qolgan qismi respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Qonunchilikda belgilanishicha, 2026 yil 1 fevraldan boshlab tashabbusli budjet mexanizmlarida yangi amaliyot — ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibning mazmuniga ko‘ra, tashabbuskor aholi (fuqarolar, jamoatchilik guruhlari) tomonidan taklif qilingan loyiha bo‘yicha mablag‘ to‘plash jarayonida loyiha qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilsa, mazkur tashabbus g‘olib loyiha sifatida e’tirof etiladi. Shundan so‘ng loyihaning qolgan 50 foizi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mazkur yondashuv tashabbusli budjet doirasida mahalla va hududlar kesimida muhim infratuzilma va ijtimoiy yo‘nalishdagi takliflarni amalga oshirishda aholi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek, sheriklik moliyalashtirishi orqali jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, mablag‘larni to‘plash va sarflashda mas’uliyatni oshirish maqsad qilingan.
Talabga muvofiq, aholi tomonidan to‘planadigan mablag‘lar ixtiyoriy bo‘lib, belgilangan 50 foizlik ulush ta’minlangan taqdirda davlat tomonidan qolgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026