Bugun, 15 iyuldan “Taşabbusli budjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinçi mavsumi loyiha kiritiş bosqiçi boşlandi.

Taşabbuskor vatandoşlar 3 avgustgaça öz loyihalarini Openbudget.uz portalida ilgari surişlari mumkin.

Joriy mavsum uçun ajratilgan budjet – 2 trillion 187,7 mlrd söm.

Örnatilgan tartibga köra, loyihani amalga oşirişning umumiy qiymati quriliş-ta’mirlaş loyihalari böyiça bazaviy hisoblaş miqdorining tört ming baravari (1 mlrd 648 mln söm), jihozlaş loyihalari böyiça ikki ming barobaridan (824 mln söm) oşmasligi lozim.

Şeriklik asosida amalga oşiriladigan loyihalar ham 3 avgustgaça qabul qilinadi. Bunda keyinçalik loyiha uçun zarur mablağning 50 foizi töplangan taqdirda, loyiha avtomatik ğolib deb topiladi va qolgan 50 foiz mablağ mahalliy budjetdan moliyalaştiriladi.

An’anaviy ovoz beriş bosqiçi yakunlariga köra, ğolib loyihalar 1 sentabr – Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.

Mingdan ortiq mahallada tanaffus

Joriy mavsumda 1122 ta mahalla tanaffus oladi, ya’ni loyiha kirita olmaydi, çunki ular avvalgi ikkita mavsumda ketma-ket ğolib bölişgan.

Loyiha kiritiş imkoniyati çeklangan mahallalar röyxati bilan uşbu havolada tanişiş mumkin.

Tanaffusga tuşgan mahallalarda şerikçilik asosida loyihalarni ilgari suriş imkoniyati mavjud.

Portalda yangilaniş

Iqtisodiyot va moliya vazirligi new.openbudget.uz