Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
Gretsiya, Italiya va Meksika dunyoning eng mazali taomlariga ega davlatlari deb topildi. 2024 yilda so‘nggi o‘rinlarni egallagan O‘zbekiston 2025 yilgi reytingdan tushib ketdi.
Foto: Getty images
Yunon oshxonasi yana bir bor dunyodagi eng mazali taomlarga ega deb topildi. Yilning eng mazali va eng bemaza taomlariga ega mamlakatlarning yangilangan reytingi World Population Review resursi tomonidan e’lon qilindi.
Birinchi o‘ntalik 2024 yildan beri deyarli o‘zgarmadi. Unga Gretsiyadan tashqari Italiya, Meksika, Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy kirdi. Ushbu mamlakatlarning taomlari 2025 yilda eng yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Eng bemaza taomlar reytingning so‘nggi uch pog‘onasini egallagan Nikaragua, Laos va Boliviyada tayyorlanadi.
Ro‘yxatda jami 99 ta davlat bor. Rossiya MDH davlatlarining deyarli barchasini ortda qoldirib, 34-o‘rinni egalladi. Faqat Gurjiston undan oldinda joylashgan - 30-o‘rin. Ukraina 43-o‘rinni, Belarus 75-o‘rinni, Litva 39-o‘rinni, Latviya 78-o‘rinni egalladi. Ozarboyjon 56-o‘rinda. Armaniston va Qozog‘iston taomlari bemaza deb topildi: ular ro‘yxatning eng oxirida, 92- va 93-o‘rinlarda turibdi. 2024 yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Moldova bundan ham pastroq o‘rinlarni egallagan edi. 2025 yilda bu mamlakatlar reytingdan chiqib ketdi, hatto birinchi yuztalikka ham kirmadi.
Qayd qilinishicha, reyting taxminan 400 mingta shaxsiy fikr-mulohazalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, «eng yaxshi» oshxona tushunchasi juda sub’yektiv hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:42 / 19.02.2026
Samarqand aeroporti Yevropa va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan deb topildi
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
07:18 / 13.02.2026
Oltin zaxiralari bo‘yicha global reyting: xaridorlar va sotuvchilar
14:54 / 11.02.2026