Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron YeI mamlakatlari armiyalarini "terrorchi guruhlar" ro‘yxatiga kiritdi
Foto: AFP
Eron hukumati Yevroittifoq mamlakatlari armiyalarini "terrorchi guruhlar" ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar berdi Tasnim axborot agentligi.
Eron parlamenti raisi Muhammad Bager G‘olibafning ta’kidlashicha, bu qaror Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi YeI tomonidan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilganiga javoban qabul qilindi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, Eron parlamenti a’zolari Yevropa mamlakatlari elchixonalarining harbiy attashelarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
"Yevropa mamlakatlari armiyalari terrorchi tashkilotlar deb rasman e’lon qilindi. Shu sababli bu mamlakatlarning elchixonalaridagi harbiy attashelar Erondan tezroq chiqarib yuborilishi kerak", - dedi Eron parlamenti prezidiumi a’zosi Alirizo Salimiy.
O‘tgan haftada Yevroittifoq Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi.
Eron tashqi ishlar vaziri buni "jiddiy strategik xato" deb atadi.
Mavzuga oid
18:13 / 21.05.2026
O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
17:40 / 21.05.2026
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi
08:49 / 21.05.2026
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
21:05 / 20.05.2026