Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX orbitaga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda
Foto: Gabriel V. Cardenas/AFP/Getty Images
SpaceX kompaniyasi kosmik ma’lumotlar markazini yaratish uchun Yer orbitasiga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishga ruxsat so‘radi, deb xabar berdi Bloomberg.
AQSh aloqa bo‘yicha federal komissiyasiga berilgan arizaga ko‘ra, yangi orbital tarmoq sun’iy intellekt bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlashga mo‘ljallangan.
SpaceX kompaniyasining bildirishicha, bu loyiha sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi ortidan o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun zarur hisoblanadi.
Sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga Starship raketasi yordamida olib chiqish rejalashtirilgan. Kosmik ma’lumotlar markazidagi hisoblash tizimlari radiatsion nurlar yordamida sovutiladi, bu esa katta hajmdagi suvdan foydalanishdan voz kechish imkonini beradi, energiya ta’minoti esa quyosh panellari yordamida amalga oshiriladi.
Sun’iy yo‘ldoshlar bir-biri bilan lazerli aloqa kanallari orqali bog‘lanadi hamda 500-2000 km balandlikda joylashtiriladi.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
07:46 / 12.02.2026
Kosmosdagi birinchi megapolis: SpaceX amaliy bosqichga o‘tmoqda
12:49 / 30.01.2026