Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
Mamlakat parlamenti quyi palatasi o‘tgan yil oktyabrda Sanae Takaichini bosh vazir etib tasdiqlagandi. U Yaponiya milliy mudofaasini mustahkamlash, «an’anaviy yapon qadriyatlari»ni tiklash hamda keskin migratsion siyosatni joriy etishni maqsad qilgan.
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi boshchiligidagi liberal-demokratik partiya tarkibidan o‘rin olgan hukmron blok 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra parlament quyi palatasidagi joylarning uchdan ikki qismini qo‘lga kiritdi.
NHK telekompaniyasining xabar berishicha, hukmron blok 310tadan ortiq o‘rinni olgan holda konstitutsion ko‘pchilikni ta’minlaydi. Bu esa bosh vazir Takaichi hamda LDP anchadan buyon ilgari surayotgan konstitutsiyani o‘zgartirish uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, endilikda hukmron blok parlament yuqori palatasining qarorlarini rad etgan holda har qanday qonunni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Takaichi yanvarda parlament quyi palatasini tarqatib yuborgandi.
LDP bosh qarorgohiga kelgan bosh vazir Sanae Takaichi partiyadoshlari tabrigini qabul qilar ekan, quvonch ko‘zyoshlarini zo‘rg‘a tiyib tura oldi.
U Yaponiya xalqiga qo‘llab-quvvatlagani va ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mamlakat parlamenti quyi palatasi o‘tgan yil oktyabrda Sanae Takaichini bosh vazir etib tasdiqlagandi. U Yaponiya milliy mudofaasini mustahkamlash, «an’anaviy yapon qadriyatlari»ni tiklash hamda keskin migratsion siyosatni joriy etishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026