Jamiyat | 20:30
1268
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayollardan biri bojxona xodimining e’tiborini tortdi. “Body scaner” qurilmasi orqali shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning ichki a’zosiga 3 dona o‘ram yashirilganligi aniqlandi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari narkotik moddalarni ichki organlariga yashirib olib kirishga uringan shaxslarni to‘xtatib qolindi

Mazkur post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayollardan biri bojxona xodimining e’tiborini tortdi. “Body scaner” qurilmasi orqali shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning ichki a’zosiga 3 dona o‘ram yashirilganligi aniqlandi.

O‘ramlar shifokorlar ko‘magida va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida ularning ichida jami og‘irligi 255 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Unga hamrohlik qilayotgan turmush o‘rtog‘i ham tezkor xodimlar tomonidan darhol kuzatuvga olindi va Samarqand shahridagi shifoxonalardan biriga olib kelindi.

Tibbiy ko‘rik davomida ushbu shaxsning ichki a’zolaridan 4 dona o‘ramlar chiqarib olindi. Mazkur o‘ramlarga 541 gramm opiy giyohvandlik moddasi joylangan ekan.

Shunday qilib, ushbu holatda o‘zidan "jonli kontneyner" sifatida foydalangan yo‘lovchilar tomonidan jami og‘irligi 796 gr. "opiy" giyohvandlik moddasini olib kirishga urinishning oldi olindi. 

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid