Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
Tarixiy uchrashuv kuzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Foto: isrs.uz
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ilk sammit 2026 yil 16-17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Cho Xyon Seulda tadbirni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik yig‘ilishida ma’lum qildi.
Sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Cho Xyon bo‘lajak uchrashuv Janubiy Koreyaning diplomatik ufqini kengaytirish va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit formati ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va mintaqa davlatlarida yashovchi koreys etnik jamoalarini qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish sohalarida hamkorlik qilish uchun asos yaratadi.
Mavzuga oid
09:23
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
17:25 / 14.02.2026
Qirg‘izistonda tandem quladi: bu nega xavotirlarga sabab bo‘lmoqda?
11:34 / 14.02.2026
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14:16 / 03.02.2026