Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
Shanba kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zilarida havo +20…+25 darajagacha isiydi. Kechalari +1…+6 daraja bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
27–28 fevral kunlari faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 28 fevral kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
1 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati +10…+15 daraja atrofida, yakshanba kuni ba’zi joylarda +17 darajagacha, janubda +20…+25 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari +1…+6 daraja bo‘ladi.
Respublika shimolida asosan harorat kechalari –2…–7 daraja, kunduz kunlari 0…+5 daraja bo‘ladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +12…+14 daraja, shanba kuni +10…+12 daraja, yakshanba kuni +14…+16 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +2…+4 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Mavzuga oid
10:16 / 26.02.2026
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
11:11 / 23.02.2026
Hafta o‘rtasida aksar hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10:45 / 21.02.2026