Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda «Osh markazi»da portlash: olti kishi halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Aqmola viloyatidagi Shchuchinsk shahrida joylashgan «Osh markazi» kafesida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 kishi turli darajada jarohat oldi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Qozog‘istonning Aqmola viloyati, Burabay tumaniga qarashli Shchuchinsk shahridagi «Osh markazi» nomli ovqatlanish maskanida portlash va yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana taxminan 20 kishi jabrlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti Instagram’da xabar berdi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar binodan sakkizta gaz ballonini olib chiqqan va 10 nafardan ortiq kishini qutqargan. Soat 22:40 holatiga ko‘ra, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisaning sabablari va holatlari aniqlanmoqda.
Hodisa joyida FVV xodimlari, Aqmola viloyati hokimiyati rahbarining o‘rinbosari, tibbiy xizmatlar, politsiya hamda gaz-texnik inspeksiya vakillari ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
00:26 / 08.06.2026
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026