Özbekistonning Oqtov şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan xorijda bölib turgan vatandoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga huquqiy hamda amaliy yordam körsatiş işlari izçil davom ettirilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning iyun oyida hayotiy murakkab vaziyatga tuşib qolgan bir qator yurtdoşlarning murojaatlari tezkor tarzda körib çiqilib, ularga zarur kömak körsatildi.

Xususan, oğir kasallik tufayli mehnat qiliş imkoniyatini yöqotib, moliyaviy qiyin ahvolga tuşgan Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

Şuningdek, avtofalokat oqibatida şaxsiy hujjatlari va mablağlaridan mahrum bölgan fuqaroga vatanga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirilib, aviaçipta olib berildi.

Bundan taşqari, insultni boşdan keçirib, jarrohlik amaliyotidan keyin oğir ahvolda bölgan fuqaroning Özbekistonga qaytişi ta’minlandi. Moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan yolğiz ona va uning voyaga yetmagan farzandi ham yurtga qaytarildi.

Fuqarolarni vatanga qaytariş işlari Özbekiston Migratsiya agentligi mablağlari hisobidan taşkil etildi. Jarayonda Oqtovdagi Boş konsulxona xodimlari tomonidan zarur konsullik-huquqiy rasmiylaştiriş işlari amalga oşirilib, taşkiliy va amaliy yordam körsatildi.

Qayd etilişiça, Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijda bölib turgan vatandoşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, zarur holatlarda ularga huquqiy va amaliy kömak körsatiş böyiça faoliyatini izçil davom ettirmoqda.