Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi yoqilg‘i mahsulotlari narxlari monitoring qilinayotganini bildirdi
Qo‘mita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklariga neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida qo‘mitaning hududiy organlariga murojaat qilishni tavsiya etdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ekish mavsumi boshlanishi arafasida neft mahsulotlari (dizel yoqilg‘isi va benzin) bozoridagi holatni doimiy ravishda monitoring qilib borayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi yetarli hajmdagi benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali realizatsiya qilinmoqda.
Qo‘mita ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda manfaatdor idoralarga ekin ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tezkor choralar ko‘rishni tavsiya qildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklariga neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida qo‘mitaning hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 16.06.2026
Yoqilg‘i narxi oshdi, ammo bu asossiz tariflar uchun bahona emas - Raqobat qo‘mitasi
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq reyslaridagi kechikishlar bo‘yicha so‘rov yubordi
11:48 / 21.05.2026