Jahon | 09:54
7621
3 daqiqa o‘qiladi

Ali Xominaiyning o‘g‘li Eronda yangi rahbar etib saylandi - DW manbalari

Ali Xominaiyning o‘g‘li Mo‘jtaba Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi, deb xabar berdi DW manbalari. Ularning aytishicha, bu qaror Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) bosimi ostida qabul qilingan. Rasman bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Mo‘jtaba Xominaiy Foto: Morteza Nikoubazl/NurPhoto via Getty Images

O‘ldirilgan Ali Xominaiyning o‘g‘li Mo‘jtaba oliy rahbar etib saylandi. Bunday qarorni shia ruhoniylarining yuqori qatlamining 88 nafar vakilidan iborat kengash qabul qildi, deb xabar berdi Islom Respublikasidagi DW manbalari.

Hozircha Eron rasmiylari va OAV bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q. DW manbalarining ma’lum qilishicha, Mo‘jtaba Xominaiyni saylash haqidagi qaror IIMK bosimi ostida qabul qilingan.

Ali Xominaiy halok bo‘lganidan keyin Eronni vaqtincha uch kishidan iborat kengash boshqarmoqda: prezident Mas’ud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Muhsiniy va Konstitutsiyani muhofaza qilish kengashi a’zosi Alirizo Arofiy.

Ali Xominaiy 1989 yildan buyon Eronni boshqarib kelgan edi. U Islom Respublikasiga qarshi 28 fevral kuni boshlangan Isroil va AQSh harbiy operatsiyasi paytida halok bo‘lgan.

Mamlakatning eng yuqori lavozimi hisoblangan oliy rahbarni Eronda “Ekspertlar kengashi” deb ataladigan organ a’zolari tayinlaydi. Bu davlat organi islom huquqi sohasida mutaxassis deb hisoblanadigan 88 kishidan iborat. U Eron fuqarolari tomonidan har sakkiz yilda bir marta saylanadi. Oxirgi saylovlar 2024 yilda o‘tgan.

Isroil va AQSh 28 fevral kuni ertalab Eron hududiga zarbalar berishni boshladi. AQSh prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yo‘q qilish niyati borligini bildirdi. U Eron armiyasini qurolni tashlashga, mamlakat aholisini esa “taqdirini o‘z qo‘liga olishga” chaqirdi.

Eron davlat OAV 3 mart kuni bildirishicha, zarbalar natijasida mamlakatda kamida 787 kishi halok bo‘lgan. Eron bunga javoban Isroilga va Fors ko‘rfazidagi bir necha davlatga zarbalar bergan — u yerda ham halok bo‘lganlar bor. Tehron arab davlatlari bilan urishmayapmiz, deb ta’kidlamoqda va mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga zarba berayotganini aytmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid