Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aeroportida o‘zbekistonlik 10 kg soch bilan ushlandi
Sud uni tovarlarni deklaratsiya qilmaganlikda aybdor deb topdi va sochlarni musodara qildi.
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi sud O‘zbekiston fuqarosining 10 kg dan ortiq soch tolasini rasman musodara qildi.
Yo‘lovchi Nijniy Novgorodning Chkalov nomidagi aeroportiga O‘zbekistondan 2025 yil 22 iyulda uchib kelgan, biroq musodara haqidagi sud qarori 2026 yil mart oyi boshida e’lon qilindi.
Uning yukida turli uzunlikdagi 94 ta tabiiy inson sochi topildi. Umumiy vazni 10,05 kg ni tashkil etdi.
Erkak yukni deklaratsiya qilmasdan «yashil yo‘lak» orqali o‘tishga uringan. Tovarning hajmi va xususiyati «shaxsiy foydalanish uchun» toifasiga mos kelmasligi sababli, u bojxona deklaratsiyasini taqdim etishi shart edi.
Shaharning Avtozavodskaya tumani sudi chet ellikni tovarlarni deklaratsiya qilmaganlikda aybdor deb topdi. Sochlar davlat daromadiga o‘tkazildi. Ayni paytda erkak bu qaror ustidan viloyat sudiga shikoyat qilishga urinayotgani aytilmoqda.
Ammo bu rekord emas: 2025 yil iyul oyida Volgogradda Dubaydan uchib kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining 4,3 million rubldan ortiq qiymatdagi qariyb 41 kg sochi (222 bog‘lam) musodara qilindi. Ular Moskvadagi go‘zallik saloniga yetkazilishi kerak edi.
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
20:10 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
21:35 / 15.06.2026