Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFning “Matryoshka” botofermasi Germaniyadagi saylovlar oldidan kampaniya boshladi
Kreml bilan bog‘liq “Matryoshka” botlar tarmog‘i yirik nemis OAV niqobi ostida X ijtimoiy tarmog‘ida soxta videolar tarqatib, Germaniya aholisini mahalliy saylovlar oldidan qo‘rqitmoqda.
Germaniyaning Bavariya va Baden-Vyurtemberg federal yerlaridagi saylovlar arafasida Rossiyaning dezinformatsiya tarqatuvchi “Matryoshka” tarmog‘i Germaniya aholisiga qaratilgan kampaniyani boshladi. Bu haqda 5 mart, payshanba kuni rus tilidagi The Insider nashri “Botlarni bloklovchi” loyihasiga tayanib xabar qildi. Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu Rossiya botlar tarmog‘i (botoferma) X ijtimoiy tarmog‘ida nufuzli nemis OAV niqobi ostida soxta videoroliklar tarqatmoqda.
X’dagi roliklardan birida go‘yoki Der Spiegel haftalik nashri nomidan Isroilning razvedka xizmati Mossad va BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi Germaniya hokimiyatini Yaqin Sharqdagi keskinlashuv fonida mamlakatda terroristik tahdid kuchaygani haqida ogohlantirgani aytiladi. Shu asosda rolik mualliflari Germaniya aholisiga jamoat joylaridan, jumladan saylov uchastkalariga borishdan ham saqlanishni tavsiya qilgan.
Yana bir rolikda, go‘yoki Germaniyaning Die Welt gazetasi nomidan, Fransiya bilan chegarada Ukrainadan kelgan qochqinlar guruhi ushlangani haqida hikoya qilinadi. Ular go‘yoki Germaniyaga qandaydir zaharli moddani olib kirishga uringan va uni soxta byulletenlar solingan konvertlarni zaharlash hamda saylovchilarga yuborish uchun ishlatmoqchi bo‘lgan.
Yana bir nechta roliklar Germaniya kansleri Fridrix Mersning Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) partiyasi reytingi go‘yoki past ekaniga bag‘ishlangan. The Insider yozishicha, hozirgi kampaniya doirasida jami 10 ta unikal rolik tarqatilmoqda va ularning barchasi u yoki bu tarzda saylov mavzusi bilan bog‘liq.
Baden-Vyurtemberg va Bavariya landtaglariga saylovlar 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi va ular Mers hukumati davridagi bunday darajadagi birinchi saylovlar bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:45 / 09.06.2026