Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erondan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qildi
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng Eronga maqbul rahbar tanlanadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuv bo‘lmasligi, mamlakat so‘zsiz taslim bo‘lishi kerakligini aytdi.
"Eronning so‘zsiz taslim bo‘lishidan tashqari boshqa hech qanday kelishuv bo‘lmaydi", - deb yozdi u Truth Social tarmog‘ida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng bu mamlakatga maqbul rahbar tanlanadi.
“Eronni iqtisodiy jihatdan har qachongidan kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilib, uni inqiroz yoqasidan qaytaramiz. Eronning kelajagi buyuk. Eronni yana buyuk qilamiz”, deb ta’kidladi u.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga hujum boshladi. Eron bunga javoban AQShning Yaqin Sharqdagi obektlariga hamda Isroilga zarbalar berdi.
4 mart kuni Pentagon rahbari Pit Xegset AQSh operatsiyaning yangi bosqichiga o‘tishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kuchlari Eronning yanada ichkarisiga zarba beradi. Operatsiya sakkiz haftagacha davom etishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Xegset.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026