Jahon | 20:52 / 08.03.2026
21133
4 daqiqa o‘qiladi

«Quyosh g‘oyib bo‘ldi». Tehrondagi neft omborlari yonishi oqibatida osmon qora tusga kirdi (fotolar)

«Tasavvurimdagi qiyomat yoki do‘zaxga o‘xshardi». Tehronda yashovchilar Isroil zarbalaridan keyingi manzarani shunday tasvirlamoqda. Shahar uzra – qora osmon va «neft yomg‘iri».

Isroil mudofaa armiyasi 7 mart kuni kechqurun Eron bo‘ylab navbatdagi zarbalar seriyasini amalga oshirdi – bu safar energetika infratuzilmasi obektlari nishon bo‘lgan. Isroillik harbiylar bergan xabarga ko‘ra, ushbu obektlarda ishlab chiqarilgan yoqilg‘i mahsulotlari Eron qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun ishlatilgan. Tehronga qo‘shni bo‘lgan Alborz viloyatidagi neft omborlari bo‘ylab ham zarbalar berilgan. Eron poytaxti shimoli-g‘arbida joylashgan bazalardan biri bo‘lgan Shahran bazasi 2025 yil iyunida 12 kunlik urush chog‘ida ham Isroil zarbasiga uchragandi. Ammo bu safargi zarbalar ko‘lami kengroq bo‘ldi.

Guvohlar CNN muxbiriga aytishicha, ushbu zarbalardan keyin kuchli yong‘inlar chiqishi tufayli 8 mart kuni tongida osmon qora tusga kirgan, odamlar nafas olishga qiynalgan. Tehronda yashovchilardan biri BBC’ga bergan intervyusida «qora tutun quyoshni to‘sib qo‘ygani» haqida gapirgan.

Bundan tashqari, Tehronga «neft yomg‘iri» tushgan: neft yonishidan ajralgan moddalar yomg‘ir suviga aralashib ketgan. Quyida Eron poytaxtida kuzatilayotgan manzara aks etgan suratlar keltiriladi.

Tehrondagi Shahran neft ombori ustini qoplagan qora tutun. 2026 yil 8 mart
Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETA
7 mart kuni Tehrondagi Artesh bulvaridan olingan kadr; muallifning aytishicha, fotoda neft omborlaridan biriga yo‘llangan zarbadan keyin chiqqan yong‘in aks etgan
Amir Farshad Ebrahimi / X ijtimoiy tarmog‘i
Shahran neft omborida chiqqan yong‘in kadri
Amir Farshad Ebrahimi / X ijtimoiy tarmog‘i
Erondagi eng yirik neft omborlaridan biri hisoblangan Shahran qatorasiga ikkinchi harbiy kampaniya davomida Isroil tomonidan o‘qqa tutildi
Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETA
Shahran ustida ko‘tarilgan qora tutun butun poytaxt uzra yoyilgan
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Bombalangan obektlarda chiqqan yong‘in o‘choqlari qachon to‘liq bartaraf etilishi noma’lum; fotoda zarbalar vaqtida shikastlangan elektr uzatish tarmoqlarini tuzatayotgan ishchi aks etgan
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Tehronning tutun qoplagan hududi fonida o‘zaro gaplashib turgan Qizil Yarimoy jamiyati xodimlari
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Neft omborlarida ro‘y bergan portlashlar atmosferaga katta miqdorda xavfli kimyoviy moddalar chiqishiga olib keldi, bu esa zaharli kislota yomg‘irlariga sabab bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirgan Qizil Yarimoy
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Tehronda o‘ldirilgan oyatulloh Ali Xominaiy aks etgan banner – uning fonida to‘liq qora tutun bilan qoplangan osmon
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Tehrondagi yo‘l yoqasida yonib ketgan benzin tashuvchi mashina (benzovoz)
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Tehrondan apokalipsisni eslatuvchi yana bir kadr. Shahar aholisi vakillari ham buni qiyomatga o‘xshatadi. Ulardan biri CNN’ga bergan izohida shunday degan: «Shahar zulmatga cho‘mgan, osmon qop-qora <...> go‘yo bo‘g‘ilayotgandekmiz. Kecha kechqurun portlash osmonni qanday yoritganini ko‘rdim; bu men ko‘rgan hech narsaga o‘xshamasdi. Qiyomat yoki mening tasavvurimdagi do‘zaxga o‘xshardi».
Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid