Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Isroil harbiy-havo kuchlari Eron aviabazalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi
Aviabazalardagi qiruvchi samolyotlar, transport samolyotlari, havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, angarlar, omborlar yo‘q qilingani va uchish-qo‘nish yo‘laklariga zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
AQSh va Isroil aviatsiyasi harbiy operatsiya boshlanganidan beri Eronning 18 ta asosiy aviabazasidan 10 tasini ishdan chiqardi, deb xabar berdi Isroilning «Alma» mudofaa tadqiqot markaziga tayanib «Interfaks».
Ular orasida Tehronning Mehrobod aeroportida, Tabriz, Sheroz, Konarak, Isfaxon, Kirmonshoh va Zahadonda joylashgan eng yirik aviabazalar bor, bu esa Eronning taktik aviatsiyasidan foydalanish qobiliyatini sezilarli darajada pasaytirdi.
Ta’kidlanishicha, AQSh-Isroil zarbalari oqibatida aviabazalardagi qiruvchi samolyotlar, transport samolyotlari, havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, angarlar, omborlar yo‘q qilindi va uchish-qo‘nish yo‘laklariga zarar yetkazildi.
Bundan tashqari, asosiy aviabazalardan tashqari, Eronning taktik aviatsiyasi foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘qqizta aerodromi ham zarbaga uchragan.
AQSh va Isroil 28 fevraldan beri Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026