Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash uchun harbiy missiya tayyorlamoqda
Prezident Makron so‘zlariga ko‘ra, missiya konteyner tashuvchi kemalar va neft tankerlarini kuzatib borishga yo‘naltiriladi.
Foto: Reuters
Fransiya ittifoqchilari bilan birgalikda Yaqin Sharqdagi mojaroning shiddatli bosqichidan keyin kema qatnovini bosqichma-bosqich tiklash uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga hamrohlik qiluvchi «mudofaa missiyasini» tayyorlamoqda. Bu haqda 9 mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi Le Monde.
Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya konteyner tashuvchi kemalar va neft tankerlarini kuzatib borishga yo‘naltiriladi. Makronning ta’kidlashicha, bu global savdo va energiya ta’minoti uchun zarur.
Makron, shuningdek, Eron dronlarining Kiprga bergan zarbalarini butun Yevropaga qilingan hujum deb hisoblash kerakligini aytdi. Avvalroq Gretsiya va Fransiya Eron dronlarining Britaniyaning Akrotiri aviabazasiga uyushtirgan ketma-ket hujumlaridan so‘ng Kiprda harbiy ishtirokini kuchaytirgandi.
Yelisey saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, Sharl de Goll aviatashuvchisi boshchiligidagi fransuz kemalari guruhi allaqachon mintaqada. Operatsiya doirasida Sharqiy O‘rtayer dengizi, Qizil dengiz va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida ishlaydigan sakkizta fregat va ikkita desant vertolyot tashuvchisi ham jalb qilinadi.
Bundan tashqari, Fransiya savdo kemalarini Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarning hujumlaridan himoya qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqining Operation Aspides harbiy-dengiz missiyasidagi ishtirokini kuchaytirmoqchi.
Fevral oyi oxirida Yaqin Sharqda boshlangan urush Fors ko‘rfazini okean bilan bog‘laydigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovi deyarli to‘xtab qolishiga olib keldi. Eron Isroil va AQSh qo‘shma hujumiga javoban bo‘g‘ozni to‘sib qo‘ydi, mintaqadan kemalarga dron va snaryadlar bilan hujum qilingani haqida muntazam xabarlar kelib turibdi. Oqibatda eng yirik neft qazib oluvchi mintaqadan eksport to‘xtab qoldi, bu esa neft narxining oshishiga olib keldi.
Mavzuga oid
22:38 / 09.03.2026
Tramp Eron bilan urush tufayli neft narxini jilovlash choralarini o‘rganmoqda
21:53 / 09.03.2026
Eron hukumati AQSh va Isroil tarafdorlarining mol-mulkini musodara qiladi
20:30 / 09.03.2026
Eronda yangi oliy rahbarga qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi
19:03 / 09.03.2026