Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan mamnun ekanini aytdi
U respublikada ko‘plab o‘zbeklar yashashini, ularni mamlakat mamnuniyat bilan taklif qilishini aytdi.
Aleksandr Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan xursand ekanini aytdi.
Bu haqda Lukashenko O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. U respublikada ko‘plab o‘zbeklar yashashini, ularni mamlakat mamnuniyat bilan taklif qilishini aytdi. «Shuning uchun, agar ular bu yerga kelishga qaror qilsa, biz juda mehnatsevar o‘zbek odamlarini ko‘rishdan doimo xursandmiz», dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda migrantlarga nisbatan qattiqqo‘l munosabatda bo‘lishadi, ammo «ehtimol, bu ular uchun yaxshiroqdir». Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, respublikada migrantlar sobiq MDH davlatlarining boshqa vakillari bilan raqobatlasha oladigan aniq ishlarga qabul qilinadi: «belaruslar, rossiyaliklar, ukrainaliklar va boshqalar bilan teng. Marhamat, keling, raqobatlashing».
Elchi bilan suhbatda Lukashenko Ikkinchi Jahon urushi haqida esladi. U ko‘plab belaruslar O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlangani va boshpana topganini ta’kidladi. «Bu borada sizlardan biroz qarzdormiz. Garchi bu bir mamlakat doirasida bo‘lsa-da», deb xulosa qildi Lukashenko.
Mavzuga oid
19:45 / 07.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarusga boradi
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026