Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt, Iroq, BAA va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni uchdan birga qisqartirdi – OAV
Yaqin Sharqda keskinlik yuzaga kelganidan beri, ushbu mamlakatlarning umumiy neft qazib olish hajmi kuniga 6,7 million barrelga kamaygan. Bu barcha to‘rt mamlakatning umumiy qazib olish darajasining uchdan bir qismidir.
Foto: Bloomberg
Yaqin Sharqdagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilar - Kuvayt, Iroq, BAA va Saudiya Arabistoni mintaqadagi mojaro fonida neft qazib olishni deyarli uchdan bir qismga qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozmoqda.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning umumiy neft qazib olish hajmi kuniga 6,7 million barrelga kamaygan. Bu barcha to‘rt mamlakatning umumiy qazib olish darajasining uchdan bir qismidir.
Saudiya Arabistoni qazib olishni kuniga taxminan 2-2,5 million barrelga, BAA 500-800 mingga, Kuvayt taxminan yarim million barrelga, Iroq esa taxminan 2,9 million barrelga qisqartirdi. Proporsional nisbatda eng katta qisqartirishlarga Iroq majbur bo‘ldi - deyarli 60 foizga. Qolgan mamlakatlar uchun bu ko‘rsatkich fevral oyidagi ishlab chiqarish darajasining 20 foizidan 25 foizigacha o‘zgarib turadi.
Bloomberg bu qisqarishlarni Yaqin Sharqdagi keskinlashuvning eng sezilarli oqibatlaridan biri deb atamoqda. Saudi Aramco bosh direktori Amin Nosir joriy inqirozni mintaqaning neft-gaz sanoati tarixidagi «eng keng ko‘lamli» deb atadi:
«Bu jahon neft bozorlari uchun halokatli oqibatlarga olib keladi va bu uzilish qanchalik uzoq davom etsa, <...> jahon iqtisodiyoti uchun oqibatlar shunchalik jiddiy bo‘ladi», dedi u.
Saudiya Arabistoni va BAA kemalar qatnovi uchun to‘sib qo‘yilgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tib, muqobil yo‘llar orqali qazib olishni ko‘paytirayotganiga qaramay, ularning neft omborlari asta-sekin to‘ldirilmoqda. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazidan okeanga olib chiqadigan yagona dengiz yo‘li bo‘lib, dunyo neft ta’minotining taxminan 20 foizi shu yerdan o‘tadi.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi urushning dastlabki kunlarida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq nazoratga olganini e’lon qildi.
Yaqin Sharq davlatlari nafaqat Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi, balki Eronning mintaqadagi energetika obektlariga zarbalari tufayli ham neft qazib olishni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Xususan, bir kun avval Bahraynning eng yirik energetika kompaniyasi Bapco fors-major holatini e’lon qildi, bu unga neftni qayta ishlash zavodiga berilgan zarbadan keyin ta’minotni to‘xtatish imkonini beradi.
Shu fonda Brent markali neft narxi bir kun avvalgi savdolarda bir barrel uchun 119,5 dollarga yetdi, bu 2022 yil yozidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 9 mart kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida «urush deyarli tugaganini» aytdi. Shundan so‘ng Brent narxi bir barrel uchun 90 dollargacha tushib ketdi.
Mavzuga oid
21:04 / 10.03.2026
Yil boshidan buyon 11 ta yangi tabiiy gaz qudug‘i ishga tushirildi
12:50 / 10.03.2026
O‘zbekistonda benzin narxi jahondagi neft bahosiga qanchalik bog‘liq?
12:21 / 10.03.2026
Germaniya milliy neft zaxiralaridan foydalanishga tayyor
12:02 / 10.03.2026