Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada vaqtinchalik saqlash markazidagi o‘zbekistonliklar bilan konsullik uchrashuvi o‘tkazildi
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazida saqlab kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvi o‘tkazildi.
“Dunyo” axborot agentligi xabar berishicha, uchrashuv davomida markaz rahbariyati diplomatlarni muassasada vaqtincha ushlab turilayotgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar — turar joy, umumiy ovqatlanish va madaniy hordiq chiqarish xonalari bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, markazda saqlanayotgan hamyurtlar holidan xabar olinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Vatandoshlar tomonidan oziq-ovqat bilan bog‘liq bildirilgan e’tirozlar markaz rahbariyatiga tegishli takliflar bilan yetkazildi.
Shuningdek, fuqarolarga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlarga aralashmaslik, chet el davlati harbiy xizmatiga yollangan taqdirda, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida tushuntirish berildi.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qolgani sababli ushlab turilgan va sud qaroriga asosan Rossiyadan deportatsiya qilinishi belgilangan fuqarolarga davlat bojlaridan ozod qilingan holda Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.
Uchrashuv yakunida markaz rahbariyati bilan hamkorlikda fuqarolar o‘rtasida tushuntirish-profilaktika ishlarini davom ettirish va ularni O‘zbekistonga o‘z vaqtida yuborish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026