Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeP qo‘mitasi YeIdan tashqarida deportatsiya markazlari tashkil etilishini ma’qulladi
Yevroparlament qo‘mitasi YeIdan chiqarib yuboriladiganlar uchun uchinchi davlatlarda markazlar tashkil etish chora-tadbirlari paketini ma’qulladi. Bu masala bo‘yicha yalpi majlisdagi ovoz berish 12 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Yevroparlamentning fuqarolik erkinliklari, adliya va ichki ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuboriladiganlar uchun uchinchi mamlakatlarda markazlar tashkil etishga doir qonunchilik tashabbusini boshladi. Dushanba, 9 mart kuni deputatlar konservatorlar va o‘ta o‘ng partiyalar vakillarining ovozlari bilan Yevropa Ittifoqining immigratsiya siyosatini ancha keskinlashtiradigan choralar paketini tasdiqladi.
Hujjat Yevropa xalq partiyasi (YeXP) parlament fraksiyasi bilan o‘ta o‘ng fraksiyalar o‘rtasidagi kelishuv natijasidir. Bu choralar YeI mamlakatlariga Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida deportatsiya markazlari tashkil etish imkonini beradi. Bu markazlarga boshpana berish haqidagi arizalari rad etilgan shaxslarni yuborish rejalashtirilmoqda. Paket shuningdek, hokimiyatning tegishli qaroriga qaramay YeIni tark etishdan bosh tortganlar uchun kirishni taqiqlashdan tortib qamoq jazosigacha bo‘lgan yanada qattiq jazolarni ham nazarda tutadi.
Deportatsiya markazlarini tashkil etish masalasi bo‘yicha Yevroparlamentning umumiy tarkibidagi ovoz berish 12 mart kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatini qat’iylashtirishi huquq himoyasi tashkilotlari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Ular inson huquqlari tizimli ravishda buzilishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda, chunki yangi qoidalar noqonuniy migrantlarni ularning hech qanday aloqasi bo‘lmagan mamlakatlarga chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yadi.
Shu bilan birga, 2025 yilda YeIda boshpana so‘rovlari soni oldingi yilga nisbatan 19 foizga kamaygan. Biroq YeI mamlakatlarini tark etish buyurilgan shaxslarning faqat 20 foizigina o‘z kelib chiqqan mamlakatiga qaytmoqda.
Yevropa Ittifoqi kengashi migratsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni qat’iylashtirishni fevral oyi oxirida yakuniy tarzda ma’qullagan edi.
Mavzuga oid
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026