Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt va big data texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston prezidentining “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra, agrosohada raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada samaradorlikni oshirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.
Qarorga muvofiq, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2026 yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda kamida bittadan bank filiali huzurida agroxizmat zonalarini tashkil etadi. Ushbu zonalar orqali fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalariga kompleks xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Agrobank” zimmasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sun’iy intellekt, masofadan monitoring va big data texnologiyalari asosida bank va agrosohada yangi xizmatlar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.
Qarorga asosan, ekin maydonlari to‘g‘risida kosmik kuzatuvlar, ob-havo ma’lumotlari hamda o‘simliklar rivojlanish holati bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi monitoring markazi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Agrobank” orqali anjir, xurmo, olma va nok kabi mevali ekinlarni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ushbu kreditlar 18 foizlik yillik stavkada, 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga berilishi belgilangan.
Mavzuga oid
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18:41 / 23.06.2026