Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston yetakchisini yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Qayd etilishicha, qabul qilingan yangilanishlar Qozog‘istonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va mamlakatning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport hamda madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi hamda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Suhbat yakunida davlat rahbarlari ikki mamlakat xalqlarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026